KAFEDRALAR Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Botanika kafedrasi Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi Matematik modellashtirish kafedrasi Inson resurslarini boshqarish kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi Umumiy psixologiya kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Sosiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Xorijiy sharq tillari kafedrasi

Kafedra mudiri

Xaydarov Safarboy Abdirashitovich

1979 - yil Samarqand viloyati  Bulung’ur tumanida tug’ilgan

1997 - yil Samarqand viloyati Bulung’ur tumanidagi № 31 umumiy o’rta ta’lim maktabini bitirgan.

1998-2002 - yillar Samarqand Davlat universiteti Geografiya fakulteti talabasi

2002-2004 - yillar Samarqand Davlat universiteti Geografiya fakulteti “Tabiiy geografiya” kafedrasi magistranti

2004-2007 - yillar Samarqand Davlat universiteti Geografiya fakulteti doktorant tadqiqotchi-izlanuvchisi

2008-2010 - yillar Samarqand iqtisodiyot va servis instituti assistent o’qituvchisi

2010-2019 - yillar Samarqand iqtisodiyot va servis instituti katta o’qituvchisi

2015-2018 - yillar yillar Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekston Milliy universiteti tadqiqotchi-izlanuvchisi.

2019-2020 - yillar Samarqand Davlat universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi (PhD) katta o’qituvchisi

2020 h/v. Samarqand Davlat universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi dosent v.b.

2020 h/v. Samarqand Davlat universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi mudiri

Gidrometeorologiya kafedrasi 2007 yilda SamDU Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya bo’limi tarkibida Gidrometeorologiya va landshaftshunoslik kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Kafedra nomi 2013 yilda Gidrometeorologiya deb o’zgartirilgan. Kafedrada 2 nafar fan doktorlari, professor (F.Hikmatov, K.Boymirzayev), 1 nafar fan nomzodi, dosent (B.Raxmanov), 2 nafar (PhD) dosent (S.Xaydarov, K.Raxmanov), 5 nafar o’qituvchilar (D.Shirinboyev, Sh.G’aniyev, E. Ulug’murodov, H.Nurliboyev, M.Xojiyev) faoliyat yuritishmoqda. Kafedra mudiri dos. S.A.Xaydarov. Kafedra ochilgandan boshlab 2 ta darslik, 1 tasi oliy o’quv yurtlari, 1 tasi o’rta maktablarning 6-sinflari uchun (7 tilda) professor A.Abdulqosimov tomonidan chop etildi. Bundan tashqari 10 ta monografiya, 4 ta o’quv qo’llanma, 7 o’quv-uslubiy qo’llanma, 3 ta elektron darslik, 45 ta o’quv-uslubiy majmua yaratildi. 400 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqola chop ettirildi. Shundan 30 dan ortig’i xorijiy nashrlarda, 90 ga yaqini ilmiy jurnallarda chop ettirilgan. Hozirgi kunda prof. A.Raxmatullayevning monografiyasi nashirga topshirilgan.

Kafedra a’zolari «Janubiy-G’arbiy O’zbekiston gidrologik, meteorologik va gidrogeologik xususiyatlarini tadqiq qilish” bosh mavzusiga asosan O’zbekiston suv resurslari va gidrogeologik resurslarga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradilar. Kafedrada ilmiy tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari sifatida hududlarda suv resurslari, suv sifati va ekologik holati, ichimlik suvi taminoti, iqlimiy hususiyatlari, meteorologik omillarning o’zgaruvchanligi, iqlim o’zgarishi va uning oqibatlari, yer osti suvlarining xolati va sifati, yuza suvlari bilan bog’liqligi, shakllanishi haqidagi masalalar bilan shug’ullanadi.

Bugungi kunda kafedraga 5140700-Gidrometeorologiya va 5140800-Geologiya (faoliyat sohasi bo’yicha) bakalavr ta’lim yo’nalishlari hamda 5A141101-Gidrologiya mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda

Fanlarni o’qitish samaradorligini oshirish maqsadida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan turli hajmda va nomda ilmiy-uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqilgan. Turli fanlardan elektron o’quv-uslubiy majmualar, elektron darsliklar yaratilgan.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

  • Irrigasiya asoslari
  • Iqlim o’zgarishi va unga moslashish
  • Gidrokimyo
  • Suv resurslari va ulardan foydalanish
  • Nazariy va amaliy gidrometriya
  • Quruqlik gidrologiyasi
  • Muhandislik gidrologiyasi
  • O’rta Osiyo gidrografiyasi
  • Glyasiologiya
  • Gidrologik jarayonlarni matematik modellashtirish
  • Iqlim o’zgarishining va gidrologik sharoitga ta’siri
  • Sug’oriladigan hududlar gidrologiyasi
  • Agrometeorologiya va tuproq iqlimi
  • Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik
  • Обшая гидрология и климатология