Xotin-qizlar ta’limi sohasidagi faoliyati uchun YUNESKO mukofot tanlovi

YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasida Milliy komissiyasining joriy yil 10 martdagi 065-21-sonli xatiga ko’ra YUNESKO tomonidan 2015 yil tasis etilgan va Xitoy hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan Xotin-qizlar ta’limi sohasidagi faoliyat yuritayotgan shaxslar uchun 50.000 AQSH dollari miqdoridagi mukufot uchun tanlov e’lon qilingan.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar loyihalari Barqaror rivojlanishning 4- va 5-maqsadlarning quyidagi bir yoki bir necha yo’nalishlariga mos kelishi hamda kamida ikki yildan buyon amalga oshirilayotgan, samaraligi va davomiyligini aniq isbotlangan bo’lishi kerak:

1 Ishtirok etish: barcha qizlarning umumta’lim olish jarayonidagi ishtirokini qo’llab-quvvatlash;

2. Savodxonlikni oshirish: barcha yosh qizlar va ayollarning savodxonlik malakalarini oshirish jarayonida faol ishtirok etish;

3. Muhit yaratish: gender teng huquqligi muhitini yaratish va qo’llab-quvvatlash;

4. O’qituvchilar mahorati: o’qituvchilarning gender teng huquqlik asosida ta’lim berishga yo’naltirish;

5 Ko’nikma shakllantirish: yosh qizlar va ayollarning yashashi va mehnat qilishi uchun bilim va ko’nikmalarini oshirishni qo’llab-quvvatlash.

Shuningdek, loyihalar xotin-qizlar ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan eng ilg’or tajribalarni qamrab olishi kerak.

Tanlovda ishtirok etish anketasini ingliz yoki fransuz tillarida htpps://unesco.org/gwe  veb-sahifasida onlayn to’ldirish zarur.

Ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarning anketalari ingliz yoki fransuz tillarida to’ldirilib 2021yil 14 aprel qadar qadar SamDU Xalqaro hamkorlik bo’limiga taqdim etishlari lozim.

Tanlov haqida batafsil ma’lumotni  https://en.unesco.org/themes/women-s-and-girls-education/prize  havolasidan olishingiz mumkin.