Samarqand davlat universiteti Shimoliy Kavkaz federal universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi

img

         Bugun Samarqand davlat universitetiga Shimoliy Kavkaz federal universiteti rektori Dmitriy Bespalov boshchiligigidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki taraflama hamkorlikni yanada kuchaytirishdir.

        Samarqand davlat universiteti rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, professor Rustam Xolmurodov  Shimoliy Kavkaz federal universiteti rektori Dmitriy Bespalov bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda  universitetlarning ilmiy salohiyati, birgalikda olib boriladigan loyihalar, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi kabi masalalarni muhokama qildi. 
        Shuningdek, tomonlar oliy pedagogik ta’lim, magistratura bosqichlarini isloh qilish yuzasidan ham fikr almashdi.

        Xususan, qo‘shma ta’lim dasturlari va yangi ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish, magistratura va aspiranturada ta’lim oluvchi talabalar almashinuvi kabi bir qator masalalarda kelishuvlarga erishildi.
        Muzokaralar natijasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Hujjatga ko‘ra, tomonlar turli yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish uchun ishchi guruh tuzishga kelishib oldi.

Otabek SA’DULLAYEV, 
SamDU Axborot xizmati xodimi

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar