Kitobdan minnatdorman

img

2021-yil 12-aprelda A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazida Samarqand davlat universisteti Yuridik fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 201-guruh talabalari hamda kutubxona Huquqiy - axborot sektori  bilan hamkorlikda “Kitobdan minnatdorman” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bahs-munozara shaklida kechgan davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Davra suhbatida faol qatnashgan  talabalarga kutubxona ma’muriyati tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.