Belorusiya davlat universitetining rektori professor Andrey Korol boshchiligidagi delegatsiyasi Samarqand davlat universitetiga tashrifi

img

Samarqand davlat universitetiga Belorusiya davlat universiteti rektori, professor Andrey Dmitrievich Korol boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichlarga olib chiqish, shuningdek universitetlar o’rtasidagi hamkorlini ta’lim sohalarida faolliyatni yanada kengaytirishga qaratilgan.

Uchrashuvda SamDU rektori professor Rustam Ibragimovich Xalmuradov va Belorusiya davlat universiteti rektori professor Andrey Dmitrievich Korol ilmiy va ta'lim sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga, yangi avlodni va zamonaviy ilmiy salohiyatga ega bo'lgan olimlar va mutaxassislarni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratdilar.

Ta'lim va ilmiy sohalarda universitetlararo hamkorlikni kuchaytirishga, xususan, ilmiy loyihalarni ishlab chiqishga va qo'shma ta'lim dasturlari fakultetida magistratura va doktorantura sohalarida qo’shma fakultetlar ochishga alohida e'tibor qaratildi.

Universitet kutubxona fondiga Belorusiya davlat universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan chop etilgan tabiatshunoslik va gumanitar fanlar bo'yicha o'quv-uslubiy adabiyotlar tuhfa etildi.

Uchrashuv so’ngida tomonlar o’rtasida kelishuv bitim imzolandi.