Samarqand davlat universitetining iqtidorli talabalari va Yoshlar Ittifoqi faollari Xorazm, Buxoro, Shahrisabzga sayohat qildilar.

img

Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xolmurodov hamda universitet Yoshlar Ittifoqi qo'llab quvvatlashi ostida tashkil etilgan mazkur sayohatlar doirasida talabalarimiz Xorazmning Urganch, Xiva shaharlarida, Ichan qal'a, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Islomxo'ja minorasi, Kalta minor kabi tarixiy obidalariga tashrif buyurdilar.

Biologiya fakultetining iqtidorli talabalaridan iborat yana bir yoshlarimiz Buxoro viloyatida bo'lib, Sitorai Mohi xosa, Buxoro arki, Bahouddin Naqshbandiy maqbarasi, Labi Hovuz memoriy ansambli kabi tarixiy joylarda bo'lib qaytdilar.

3-guruh talabalar esa Sohibqiron Amir Temur yurti bo'lmish Shahrisabzga tashrif buyurib, Temurbek tomonidan qurdirilgan Oqsaroy va boshqa tarixiy hamda zamonaviy obyektlarda bo'lib qaytishdi.

— Uyushtirilgan sayohatlarimiz rektorimizning bizga berayotgan alohida e'tiborlari tufaylidir desam yanglishmayman. Chunki talabalarimizni o'qish davomida turli xil sayohatlarga olib chiqish, jamoa bilan birgalikda bo'lish kabi lirik chekinishlar ularning kelgusidagi o'qishlariga yana bir ruhlantirish bo'la oladi, - deydi universitet yoshlar yetakchisi Allayor Norboyev.