SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 685 YILLIGI

img

2021 yil 9-aprel kuni SamDU rus filologiyasi fakulteti rus tilshunosligi kafedrasi jamoasi 5-sonli talabalar turar joyida Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bag'ishlangan “Kafedra kuni” tadbirini o'tkazdi.

Kafedra professor-o'qituvchilari buyuk hukmdorning tarjimai holi, uning harbiy yurishlari, qarindoshlik va oilaviy munosabatlari, Amir Temur bog'lari, dunyoning turli burchaklarida Sohibqironga o'rnatilgan yodgorliklari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan dastur tuzdilar. Shuningdek, buyuk hukmdorning asosiy asari bo'lgan “Tuzuklar” haqida materiallar tayyorlandi.

Rus tilshunosligi kafedrasi mudiri K.A. Dubrovskaya yig'ilganlarga 2021-yil 1-aprelda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida iqtisod fanlari doktori, professor Vladimir Lvovich Kvintning “Amir Temurning strategik yetakchiligi: Tuzuklarga sharhlar” yangi kitobining taqdimoti bo'lib o'tganligini ma'lum qildi.

Tadbir davomida talabalar taqdim etilgan materiallar yuzasidan viktorinada faol qatnashdilar.

Tadbir yakunida rus tilshunosligi kafedrasi dotsenti Ryasnyanskaya R.A. so'zga chiqib, bunday tadbirlarni o'tkazish rus filologiyasi fakultetining eng yaxshi an'analaridan biri ekanligini ta'kidladi.