Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanmoqda

img

Samarqand davlat universiteti bosh binosi majlislar zalida 2021 - yil 3 - fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan filologiya fakulteti va “Qofilai Rudakiy” to'garagi tomonidan “Yor hifzi nazmi Foniy karda...” (Foniy nazmini yod aylabon yor...) nomli tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni filologiya fakulteti dekani prof. A.Pardayev ochib berdi.

Shundan so'ng Samarqand viloyati yozuvchilar uyushmasi raisi T.Tugalov, Tojik tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, prof. J.Hamroyev, “Qofilai Rudakiy” to'garaki raisi D.Hazratquliyon, yozuvchi Z.Hasanzodalar chiqish qildilar. Tadbirning ikkinchi qismida filologiya fakulteti talabalari tomonidan Alisher Navoiy (Foniy) she’rlaridan chiqish qildilar.

 

Shuningdek tadbirda shoir Asadullo Shukurov, Normurod Karimzoda she’rlari bilan tadbirga o'zgacha shukuh bag‘ishladi.

 

Otabek Sagdullayev — Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi