SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING ILMIY MAKTABLARI

O’zbek adabiyotshunosligi. Maktabga 1920 yillar oxirida Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa’diy, Sadriddin Ayniy asos solgan. Akademiklar Vohid Abdullayev va Boturxon Valixo’jayev, professor Orif Ikromov o’zbek adabiyotshunosligi ilmiy maktabining an’analarini davom ettirdilar. Hozirgi kunda ilmiy maktabda professorlar M. Muhiddinov, H. Umurov, A. Soliyev, D. Salohiy, dosentlar Sh. Xasanov, A. Nosirov, U. Qobilov, M. Boboxonov, S. Toxirov, B. Muxiddinova o’zbek adabiyotshunosligi muammolari bilan shug’ullanib kelmoqda.

O’zbek tilshunosligi maktabiga 1920-1930 yillarda Abdurauf Fitrat, G’ozi Olim Yunusov va Ye.D.Polivanovlar tomonidan asos solingan. Ularning ishi 1930-yillarda Said Riza Alizoda va 1940-yillarda Ulug’ Tursunov tomonidan davom ettirildi. Professorlar X. Doniyorov va R. Qo’ng’urov tadqiqotlarni yangi bosqichga ko’tardilar. I. Mirzayev, S. Karimov, J. Eltazarov, A. Pardayev kabi olimlar ushbu ilmiy maktab izlanishlarini davom ettirmoqda.

Tarixchilar maktabi. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi bo’yicha olim professor Po’lat Soliyev va XIV-XV asr temuriylari tarixi bo’yicha mutaxassis, professor I. Umnyakov tarixchilar ilmiy maktabini yaratdilar. Mustaqillik yillarida mazkur maktabning yutuqlari professorlar I. Saidov, B. Ergashev, F. Nabiyev, B. G’oyibov, G. Normurodova, dosentlar M. Nasrullayev, R. Xoliqulov, yosh olimlar M. Xoshimovaning izlanishlari bilan izchil boyib bordi.

Samarqand davlat universitetining Arxeologiya maktabi 1944-1945 yillarda akademik Yahyo G’ulomov va professor D. Lyu tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunda professor M. Jo’raqulov, professorlar N. Avanesova, N. Xolmatov, D. Djurakulova tomonidan O’zbekiston va Markaziy Osiyo xalqlari, xususan Zarafshon vohasi shahar atrofi madaniyati, ma’naviy madaniyati genezisi va rivojlanish dinamikasi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Falsafa maktabi 1930-1940 yillarda akademik Ibrohim Mo’minov rahbarligida tashkil etilgan. Ushbu maktabning bugungi yutuqlari professorlar J. Yaxshilikov, Sh.Kushakov, B. To’rayev nomlari bilan bog’liq. Yosh olimlar, fan doktorlari O.G’aybullayev, A.Aymatov, Sh.Negmatova, A.Samadov va o’nlab fan nomzodlari mustaqillik g’oyasini falsafiy tadqiq etish ustida ishlamoqdalar.

Yadro fizikasi va kosmik nurlar maktabi 1940 yillarda professor Muso Mo’minov tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, hozirgi kunda professorlar B.Mahmudov, R.Ibodov, U.Soliqboyevlar tomonidan izlanishlar olib borilmoqda. Ayni paytda ushbu maktab o’quvchilari fizika-matematika fanlari nomzodlari A. Safarov, Sh.Xushmurodov va bir qator iqtidorli yoshlar o’z dissertasiyalari ustida ish olib bormoqdalar.

Molekulyar optika ilmiy maktabi ga 1960 yillarda Peterburg davlat universiteti professori M.Vuks va akademik Akbar Otaxodjayev asos solgan. Maktabning zamonaviy vakillari (A.Jumaboyev, N. Nizomov, L. Sobirov) molekulyar spektroskopiyaning 3 yo’nalishi bo’yicha faol izlanishlar olib bormoqdalar. Professorlar A.Jumaboyev, U.Toshkenboyev va fan nomzodlari X. Xushvaktov, A. Absanov, B. Xudoyberdyev mahalliy va xorijiy olimlar bilan yorug’lik tarqalishi sohasida hamkorlik qilmoqdalar.

Lazer fizikasi va nochiziqli optika ilmiy maktabi. Nochiziqli optik jarayonlar va akustika sohasidagi ilmiy tadqiqotlar L. Sobirov rahbarligida olib borilmoqda. Ushbu sohalarda fan doktorlari N. Eshqobilov, M.Qodirov, D. Semenov, P.Redkin, A.Xalmanov va fan nomzodlari G.Haydarovlar tomonidan ko’plab kitoblar nashr etilgan va nufuzli jurnallarda maqolalar e’lon qilingan.

Magnit hodisalar fizikasi maktabi o’tgan asrning 70-yillarida O. Quvondiqov sa’y-harakatlari bilan yaratilgan. Mustaqillik yillarida 1 ta doktorlik (D. Sayfullayeva) va 4 ta nomzodlik (N. Xamrayev, R. Rajabov, M. Salaxidinova, Z. Shodiyev) dissertasiyalari himoya qilindi.

Differensial (elliptik) tenglamalar nazariyasi ilmiy maktabi XX asrning 40-yillarida professor I.Kukles, akademiklar M.Yevgrafov va M.Lavrentevlar tomonidan asos solingan. Maktab vakillari professorlar Sh.Yarmuxamedov, A.Haydarov, A.Hasanov, A.Begmatov, A.Xotamov, T.Ishankulov va boshqalar tomonidan fizikaning klassik tenglamasi uchun Koshi masalasini yechishning yangi usuli ishlab chiqilgan, bu usul elastiklik nazariyasida va yadro fizikasi tajriba natijalarini tahlil qilishda o’z tadbig’ini topgan. Bu ilmiy maktab vakillari tomonidan 10 dan ortiq fan doktorlari, 30 dan ortiq fan nomzodlari (falsafa doktorlari) tayyorlangan. Bugungi kunda prof.A.Hasanov rahbarligida faol ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Algebra va sonlar nazariyasi ilmiy maktabi 1945-1950 yillarda professor N.Romanov va dosent R.Iskandarovlar tomonidan asos solingan bo’lib, ilmiy maktab vakillari algebra va sonlar nazariyasi muammolari bilan shug’ullanadi. Bugungi kunda professor A.Soleyev rahbarligida «Robototexnikada yuzaga keladigan algebraik egri chiziqlarni lokal tahlil qilish masalalari, Minkovskiy teoremasini umumlashtirish, ikki xil qirrali graflarning rekkurent funksiyalarini tadqiq qilish hamda singulyar integrallarni taqribiy hisoblashning optimal algoritmlarini yaratish» masalalari yo’nalishlarida izlanishlar olib borilmoqda. Bu ilmiy maktabda 20 ortiq yuqori malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlangan.

Matematik analiz hamda uning zamonaviy matematik fizikaga tadbiqi maktabi 1980 yillarda O’zFA akademigi S.N.Laqayev tomonidan asos solindi. Bu maktab vakillari prof.I.Ikromov, prof.J.Abdullayev, A.Xolxo’jayev va boshqalar tomonidan panjaradagi ikki, uch va to’rt darajali Shryodinger operatorlarining spektral xossalari tadqiq qilinib, muhim ilmiy natijalar jahon matematiklar jamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan. Bu yo’nalishdagi tadqiqotlar AQSh, Fransiya, Angliya, Germaniya, Malayziya kabi davlatlarning ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Bu ilmiy maktabda 7 nafar fan doktorlari, 20 dan ortiq fan nomzodlari (falsafa doktorlari) tayyorlandi.

Mexanika maktabining paydo bo’lishi 1947 yillarda prof. I. S. Kukles tomonidan nazariy mexanika kafedrasining ochilishi bilan asoslanadi. Bu maktab vakillari – prof. R. I. Xalmurodov, prof.X.Xudoynazarov, prof.B.Xo’jayorov, prof.A.Z.Xasanov, O.Abdurashidov, V.Burnashev va boshqalar tomonidan deformasiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi va filtrasiya masalalari tadqiq qilinib, muhim ilmiy natijalar jahon mexaniklari jamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan. Bu yo’nalishdagi tadqiqotlar Rossiya, AQSh, Ukraina, qozog’iston va Azarbayjon kabi davlatlarning ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Bu ilmiy maktabda 6 nafar fan doktorlari, 12 dan ortiq fan nomzodlari (falsafa doktorlari) tayyorlandi.

Axborot texnologiyalari maktabi 1990 yillarda texnika fanlari doktori, akademik Vosil Kabilov, I.Jumanov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Texnika fanlari doktori A. Axatov, fan nomzodlari O. Jumanov, I. To’raqulov, I. Aminov, F. Nomozovlar axborot texnologiyalari va ulardan o’quv jarayonida foydalanish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Botanika maktabiga professor N.I.Merkulovich (1927-1938) tomonidan asos solingan. 1960 yillardan boshlab professorlar Ye.Proskoryakov, J.Qabulov, M.Ikramov, N.Amirxanovar tomonidan rivojlantirilgan. Botanika ilmiy maktabining asosiy ilmiy yo’nalishi Zarafshon daryosi havzasi florasi va uning xilma-xilligini o’rganishga qaratilgan. Bugungi kunda bu ilmiy maktab vakillari (X.Haydarov, X.Keldiyorov, M.Normurodov, F.Qobilova, M.Nosirov, X. Keldiyorova, T.Rajabov va h.k.) tomonidan Zarafshon vodiysida o’sayotgan dorivor o’simliklarning resurslari va biologiyasi, g’o’zaning optimal mineral oziqlanishi va unga elektrotexnologiyaning ta’siri, yangi yem-xashak o’simliklarning biologiyasi muammolari mavzularida ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Zoologiya maktabi professorlar I.Turkevich, A.Sagitovlar tomonidan 1940 yillarda tashkil qilingan. Uning asosiy ilmiy-tadqiqotlari sohasi ornitologiya bo’lib, O’zbekiston tereofaunasining shakllanishi va sut emizuvchilarning ekologiyasini o’rganish mavzulariga qaratilgan. Hozirgi paytda mazkur ilmiy maktab vakillari professor J.Laxanov, prof.A.Jabborov, dos.S.Fundukchiyev va boshqalar tomonidan hayvonot dunyosining faunasi, ekologiyasi va muhofazasi, qishloq xo’jaligi zararkunandalari va parazitlarining biologiyasi va ekologiyasini o’rganish yo’nalishlarida izlanishlar olib borishmoqda.

O’simliklar fiziologiyasi ilmiy maktabi 1945 yillarda S.S.Abayeva rahbarligida shakllangan. Asosiy ilmiy tadqiqot yo’nalishi o’simliklarda mikroelementlarning fiziologik rolini aniqlashga qaratilgan. Bugungi kunda bu maktab vakillari prof.J.X.Xo’jayev rahbarligida mineral oziqlantirishni mo’tadillashtirish asosida o’simliklarning noqulay omillar ta’siriga chidamliligi va hosildorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Bu ilmiy maktabda 2 nafar fan doktorlari va 10 ortiq fan nomzodlari (falsafa doktorlari) yetishib chiqqan.

Biokimyo va tuproqshunoslik maktabi 1960 yillarda professor Mark Rish tomonidan tashkil qilingan mikroelementlar muammoviy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bazasida shakllandi. Yaylovli yerlar tuprog’ining hosildorligini yaxshilash, hayvonlar qon tarkibining biokimyoviy xususiyatlari masalalarini o’rganish yo’lga qo’yilgan.

Kimyo maktabi faoliyati dosent N. Zokirov, professor Y. Kurbatov tomonidan 1950-1960 yillarda yo’lga qo’yilgan. Bugungi kunda ushbu maktab vakillari professorlar A. Nasimov, E. Abduraxmonov, N. Muxammadiyev, N. Fayzullayevlar, dosentlar Z. Normurodov, U. Norqulov, S. Tillayev, Sh. Saidqulovlardir.

Tabiiy geografiya va geoekologiya maktabi 1960 yillarda tashkil topgan va uning yutuqlari professorlar A. Abulqosimov, L. Alibekov, Sh. Xoliqulov, S. Abbosov va A. Rahmatullayev xizmatlari bilan bog’liq.

Iqtisodiy nazariya maktabi 1970 yillarda tashkil etilgan bo’lib, uning faoliyati professorlar Yu.Dunayev, K.Saidov, L.Krivoruchko, E.Aliqulov, E.Xodjayev, U.Rashidovlar nomi bilan bog’liq.

Observatoriya. SamDU Samarqandda rasadxona qurdirgan Mirzo Ulug’bek tomonidan boshlab berilgan osmon jismlarini o’rganish an’analarini bugun ham davom ettirmoqda. SamDUning Astronomiya ilmiy-tadqiqot markazida koinotdagi eng baland narsalarni suratga olishga qodir zamonaviy PZS kamerasi bilan jihozlangan 48 metrli optik linzali Grubb-Parsons teleskopi mavjud.

Bleyzer xalqaro teleskop dasturiga ko’ra, Maydanak rasadxonasida kuzatuv kuzatuvlari olib borilmoqda va BL-Lac obyektlari sayyoramizdan 280 Mpc masofada kuzatilmoqda.

2007 yilda AITM xodimlari ikki smenali GSC 2007: 761 yulduzni 6,5 soat aylanish bilan kashf etdi. (Bu d = 0,05 yulduz yorqinligi farqi bilan aniqlandi). Bundan tashqari, 2007-2011 yillarda ushbu markaz bleyzer obyektlari yorqinligidagi o’zgarishlarni o’rganish bo’yicha fundamental grant loyihasini muvaffaqiyatli yakunladi.

Hozirda 2017-2020 yillarda Samarqand va Maydanak rasadxonalarida VA-FA-F2-006astrofizik obyektlarining o’zgaruvchanligini o’rganish bo’yicha moliyalashtirilgan grant loyihasi amalga oshirilmoqda.

Astronomiya ilmiy-tadqiqot markazi o’quv rasadxonasi sifatida faoliyat yuritadi.