Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Universitet rektori

Xalmuradov Rustam Ibragimovich

  • Qabul vaqti: Juma 16:00 dan 18:00 gacha
  • Telefon: 0366-239-12-19
  • Elektron pochta: rektor@samdu.uz
  • 1949 yilda Samarqand shahrida tug'ilgan;
  • 1967 - 1972-yillar. - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti talabasi;
  • 1973 - 1977-yillar. - Kiyev avtomobil yullar instituti ilmiy izlanuvchisi, aspiranti;
  • 1977 - 1978-yillar. - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti temirbeton va tosh qurilmalari kafedrasi assistenti, katta o'qituvchisi;
  • 1978 - 1986-yillar - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti metal, yog'och plastmassa qurilmalari kafedrasi mudiri;
  • 1986 - 1988-yillar - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti qurilish fakulteti dekani;
  • 1988 - 1989-yillar - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti ilmiy ishlar bo'yicha prorektori;
  • 1989 - 1997-yillar - Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti rektori;
  • 1997 - 1999-yillar - O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o'rinbosari;
  • 1999 - 2003-yillar - Samarqand davlat universiteti rektori;
  • 2003 - 2004-yillar - Samarqand viloyati hokimi;
  • 2004 - 2004-yillar. - Samarqand davlat universiteti rektori;
  • 2016 yil sentyabrdan Samarqand davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor

Eshtayev Alisher Abdug’aniyevich

  • Qabul vaqti: Dushanba 16:00 dan 18:00 gacha
  • Telefon: 0366-239-10-72
  • Elektron pochta: pro-man@samdu.uz
  • 1972 yil Samarqand viloyati, Qo’shrobot tumanida tug'ilgan;
  • 1989 - 1994 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi ;
  • 1994 - 1995 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti buxgalteriya hisobi va tashqi iqtisodiy faoliyat kafedrasi assistenti;
  • 1995 - 1997 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro iqtisodiy rivojlanish kafedrasi izlanuvchi-tadqiqotchisi;
  • 1997 - 1999 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti aspiranti;
  • 2000 - 2003 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jaxon iqtisodiyoti va xalqaro iqticodiy munosabatlar kafedrasi katta o'qituvchisi;
  • 2003 - 2005 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jaxon iqtisodiyoti va xalqaro iqticodiy munosabatlar kafedrasi dotsenti;
  • 2005 - 2006 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti buxgalteriya hisobi va audit fakulteti dekani muovini;
  • 2006 - 2015 yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro turizm fakulteti dekani;
  • 2015 yil 8 iyundan  Samarqand davlat universiteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori.

O'quv ishlari bo'yicha prorektor

Soleyev Axmadjon

  • Qabul vaqti: Seshanba 16:00 dan 18:00 gacha
  • Telefon: 0366-239-17-00
  • Elektron pochta: pro-uquv@samdu.uz
  • 1951 yil 1 iyunda Samarqand shahrida tug'ilgan;
  • 1973 -1977 yillar Moskva davlat universiteti aspiranti;
  • 1977 -1985 yillar Samarqand davlat universiteti oliy algebra kafedrasi assistenti;
  • 1985 -1991 yillar Samarqand davlat universiteti oliy algebra kafedrasi dotsenti;
  • 1991 -1994 yillar Rossiya Fanlar akademiyasi amaliy matematika instituti doktoranti;
  • 1994 -1998 yillar Samarqand davlat universiteti, algebra va geometriya kafedrasi professori, kafedra mudiri;
  • 1998 -2012 yillar Samarqand davlat universiteti o'quv ishlari prorektori;
  • 2012 -2015 yillar Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti dekani;
  • 2015 -2017 yillar Samarqand davlat universiteti, algebra va geometriya kafedrasi professori;
  • 2017 yildan Samarqand davlat universiteti o'quv ishlari prorektori.

Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor

Xushvaqtov Hakim Abdulhaqovich

  • Qabul vaqti: Chorshanba 15:00 dan 17:00 gacha
  • Telefon: 0366-239-13-87
  • Elektron pochta: patent@samdu.uz

• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
• Davlat ta’lim standartlari asosida ilmiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
• Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
• Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ilmiy jarayonlarga oid masalalar bo‘yicha universitet ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
• Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
• O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
• Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
• Ilmiy tadqiqotchilik jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar, ilmiy laboratoriyalar, ilmiy jamoalar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
• Bo‘limlar, fakultet va kafedralar, ilmiy laboratoriyalarning ilmiy tadqiqot sohasi bo‘yicha ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
• Ilmiy tadqiqot ishlarining sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
• O‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, universitet ilmiy-texnik kengashi ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or ilmiy va uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
• Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini universitet xodimlari t omonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda universitetning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
• Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
• Professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqot ishlariga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlar va ilmiy laboratoriyalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish; 
• Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
• Ilmiy laboratoriyalaridan unumli foydalanish, laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
• Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
• Ilmiy tadqiqot va ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
• Kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
• Oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
• O‘rnatilgan tartibda universitetning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
• universitetni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.

  • 1972 yil Samarqand viloyati Urgut tumanida to'g'ilgan;
  • 1990-1992 yillar Harbiy xizmatda;
  • 1993-1998 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
  • 1998-1999 yillar Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotchisi;
  • 1999-2002 yillar Samarqand davlat universiteti aspiranti;
  • 2002-2004 yillar Samarqand davlat universiteti informatsion texnologiyalar markazi muhandisi;
  • 2004-2005 yillar Samarqand davlat universiteti informatsion texnologiyalar markazi boshlig‘i o‘rinbosari;
  • 2005-2011 yillar Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqotlar majmuasi direktori; 
  • 2011-2014 yillar Samarqand davlat universiteti rektor yordamchisi;
  • 2014-2017 yillar Samarqand davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i;
  • 2017-2018 yillar Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekani.
  • 2018 yildan Samarqand davlat universiteti ilmiy ishlar  bo’yicha prorektor

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo’yicha prorektor

Islomov Bo’ston Sultonovich

  • Qabul vaqti: Payshanba 16:00 dan-18:00 gacha
  • Telefon: 0366-233-60-85
  • Elektron pochta: al-kxk@samdu.uz
  • 1961 yildan Samarqand viloyati, Urgut tumani tug‘ilgan;
  • 1980-1985 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
  • 1985-1986 yillar Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi laboranti;
  • 1986-1987 yillar Samarqand davlat universiteti botanika bog‘i ilmiy xodimi;
  • 1987-1989 yillar Samarqand davlat universiteti muammoli laboratoriya muhandisi, laboranti;
  • 1989-2000 yillar Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi laboranti, assistenti;
  • 2000-2008 yillar Samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti dekani o‘rinbosari;
  • 2008 yildan 25 avgustdan Samarqand davlat universiteti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori.

Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo`yicha prorektor

Raxmanov Ismayil Usmonovich

  • Qabul vaqti: Shanba 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: 0366-233-50-23
  • Elektron pochta: pro-iqt@samdu.uz
  • 1967 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan;
  • 1992 - 1993 - yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti kichik ilmiy xodim;
  • 1993 - 1994 - yillarda Samarqand shahri "Sanjar" kichik korxonasi ish yurituvchi;
  • 1994 - 2001 - yillarda Samarqand davlat universiteti quruvchi;
  • 2001 - 2011 - yillarda Samarqand davlat universiteti qurilish-ta’mirlash bo’limi boshlig’i;
  • 2011 - 2014 - yillarda Samarqand davlat universiteti texnik-foydalanish va xo’jalik bo’limi 1-toifali muxandisi;
  • 2014 - 2017 - yillarda Samarqand davlat universiteti, bosh muhandis;
  • 2017 yill  Samarqand davlat universiteti moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor.