Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy


Malakaviy imtihonlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/6-son qaroriga asosan Samarqand davlat universitetida quyidagi fanlar bo‘yicha malakaviy imtihonlar qabul qilinadi:

1) Fizika-matematika fanlari: 01.01.01-Matematik analiz,  01.01.02-Differensial tenglamalar va matematik fizika01.04.05-Optika va 01.04.09-Magnit hodisalari fizikasi ixtisosliklari;

2) Kimyo fanlari: 02.00.04-fizik - kimyo ixtisosligi;

3) Falsafa fanlari: 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq,  09.00.02- Ong, madaniyat va amaliyot shakllari, 09.00.03- Falsafa tarixi, 09.00.04- Ijtimoiy falsafa ixtisosliklari va qo’shimcha fanlar;

4) Filologiya fanlari: 10.00.01 - O‘zbek tili, 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti, 10.00.05 - Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) ixtisosliklari bo’yicha mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihonlar qabul qilinadi.

Malakaviy imtihon topshiruvchi talabgorlarning hujjatlari sessiya o’tkaziladigan (fevral, may, noyabr, dekabr) oyining 1 sanasigacha qabul qilinadi.

Malakaviy imtihon topshiruvchi talabgorlardan talab qilinadigan hujjatlar 1-ilovaga muvofiq tayyorlanadi va ushbu hujjatlar Samarqand davlat universiteti Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan qabul qilinadi.  

 

Maxsus imtihonlar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, falsafa, sotsiologiya va siyosiy fanlari bo'yicha ekspert kengashining xulosasi (27.11.2017 y., № 11/22 a)ga binoan Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo'nalishlari fani bo'yicha mintaqadagi OTM va ITMlardagi talabgorlar uchun professorlik va dotsentlik ilmiy unvoniga talabgor ilmiy xodimlardan maxsus imtihon qabul qilinadi.

Maxsus imtihon topshiruvchi talabgorlarning hujjatlari sessiya o'tkaziladigan (fevral, may, noyabr, dekabr) oyining 1 sanasigacha qabul qilinadi.

Maxsus imtihon topshiruvchi talabgorlardan talab qilinadigan hujjatlar 1-ilovaga muvofiq tayyorlanadi va ushbu hujjatlar Samarqand davlat universiteti Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi tomonidan qabul qilinadi.

Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, 140104,  tel.: (0366) 239-12-29.

Email: imtihon@samdu.uz