​​​​​​​2020/2021 o’quv yili qabuli uchun magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

✅Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun magistr.edu.uz (http://magistr.edu.uz/) -  onlayn ariza topshirish tizimidan ro’yxatdan o’tgan, biroq, oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshiruv natijasi bo’yicha turli sabablarga ko’ra ARIZALARI RAD ETILGAN  abituriyentlarga hujjatlaridagi mavjud kamchiliklarni joriy yilning 4 avgust kuni soat 11.00 dan 6 avgust kuni soat 11.00 ga qadar qayta tahrirlashlari uchun Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan imkoniyat yaratiladi.

⚠️Ushbu vaqt davomida kamchiliklarni to’liq bartaraf etmagan abituriyentlarning arizalari qayta ko’rib chiqilmaydi hamda ular kirish imtihonlariga kiritilmaydi.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-Auoam-U-_mjXg