Samarqand davlat universitetiga 1420 yilda asos solingan

Samarqand Davlat universiteti “START-UP” loyihasi tanlovini e’lon qiladi

Universitetda faoliyat olib borayotgan yosh olimlar, tahsil olayotgan tayanch doktorant, magistrant va iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash, ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini, amalga oshirayotgan loyihalarini xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga joriy etilishiga ko’maklashish, talabalarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish maqsadida Samarqand Davlat universiteti 2020 yil uchun eng yaxshi “START-UP” loyihalari tanlovini e’lon qiladi.

Startap o’zi nima? Startap ingliz tilidan olingan so’z bo’lib, start-up – start olmoq yoki biror ishni boshlamoq kabi ma’nolarni anglatadi. Bu endigina ochilgan yosh kompaniya, firmalar yoki loyihalar va noyob g’oyalarni yaratishga aytiladi. Shuningdek, biror-bir mahsulotni sotish uchun investorlarni qiziqtirish va jalb qilish ham startapning asosiy maqsadidir.

Tanlovda universitetning 40 yoshgacha bo’lgan yosh olimlari, magistrantlari va talabalari loyiha bilan ishtirok etishlari mumkin.

Taqdim etilgan loyihalar quintadb.ru veb-sahifasi orqali
2020 yil 15 avgust soat 18-00 ga qadar elektron ro’yxatdan o’tishi shart.

Tanlov yakuniga ko’ra g’olib deb topilgan loyiha mualliflari:

1-o’rin – 5 000 000 so’m

2-o’rin –  4 000 000 so’m

3-o’rin –  3 000 000 so’m miqdorida moddiy rag’batlantiriladi.

Elektron ro’yxatdan o’tmagan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.

Tanlov shartlari va topshiriladigan hujjat shakllari to’g’risidagi ma’lumotlarni havola orqali olish mumkin.

Ma’lumot uchun:
Tel.: 0-366-239-12-29 / +99891-557-94-82
Rasmiy sayt:
quintadb.ru
Telegram: @SAMDU “START-UP” TANLOV