Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

2018/2019 o‘quv yilida Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha

Respublika oliy ta’lim muassasalariga TALABALAR O’QISHINI KO’CHIRISH VA QAYTA TIKLASH haqidagi arizalar joriy yilning 15 iyulidan 5 avgustgacha Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti binosida soat 9.00 dan 17.00 gacha (yakshanba dam olish kuni) hududiy Ishchi guruh tomonidan qabul qilinadi.

O‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) istagini bildirgan fuqarolardan quyidagi hujjatlarni hududiy Ishchi guruhlariga taqdim etishlari so‘raladi:

  • Ko‘chirish (qayta tiklash) to‘g‘risidagi ariza (ariza blankalari hududiy Ishchi guruhlari tomonidan beriladi).
  • Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari.
  • Pasport nusxasi.

SamDU Qabul komissiyasi