Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Jon Smit” fondi

2018 yilning 3-30 noyabr kunlari Buyuk Britaniyadagi etakchi tadqiqot markazlari, kompaniyalar, mahalliy boshqaruv va davlat idoralari ish uslublarini o'rganish bo'yicha individual kurslarda qatnashuvchi uchun tanlov e'lon qiladi. Ushbu dasturda qatnashchilarning sarf-xarajatlari ushbu tashkilotning Buyuk Britaniyadagi stipendiyasi bilan qoplanadi.

Ishtirokchilarning yoshi 25-35 yoshni tashkil qilishi va ingliz tilini ravon gapirish qobilyatiga ega bo’lishligi talab qilinadi.

"Jon Smit fondi"ga ko'ra, stipendiyalarga talabnomalar joriy yilning 17-iyunida nihoyasiga etadi. Nomzodlarning yakuniy tanlovini Fondning vakili O'zbekistonga tashrif buyurganda amalga oshiradi (nomzodlarga qo'yiladigan talablar to'g'risidagi ma'lumotlar ilova qilinadi).

Barcha xarajatlar Buyuk BritaniyaTashqi ishlar vazirligi tomonidan ajratilgan grant hisobiga (Fond tomonidan) qoplanadi. Batafsil ma'lumot va ariza berish tartibi fondning www.johnsmithmemorialtrust.org veb-saytida yoritilgan.

Xalqaro aloqalar bo’limi