Samarqand davlat universitetiga 1420 yilda asos solingan

Samarqand davlat universitetida “YEVROPA KREDIT-MODUL TIZIMI (ECTS)NI JORIY ETISH” mavzusida onlayn seminar o’tkazildi

img

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 357-sonli “2020-2021 o’quv yilidan ta’lim jarayonini kredit-modul tizimiga o’tishi to’g’risida”gi buyrug’iga ko’ra, 2020-2021 o’quv yilidan boshlab Samarqand davlat universitetida ham o’quv jarayoni   kredit modul tizimida tashkil etiladi. Mazkur tizimga o’tishga tayyorgarlik chora tadbirlari doirasida 2020 yil 15 iyul kuni  universitetda kredit-modul tizimiga bag’ishlangan onlayn amaliy seminar tashkil etildi.

  “Yevropa kredit-modul tizimi (ECTS)ni joriy etish” mavzusida o’tkazilgan onlayn seminarda  Kanadaning Nyu-Braisuik universiteti professori, “El-yurt umidi” jamg’armasi qoshidagi Xalqaro ekspertlar kengashi a’zosi Vohidjon O’rinov o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Seminarda  ma’ruzachi tomonidan kredit tizimining o’ziga xos jihatlari, kredit tizimining tarixi, kredit o’lchovi, modul, modul tarkibi, fan dasturlariga qo’yiladigan talablar, kredit-modul tizimida baholash tartibi, o’qituvchilar yuklamasini shakllantirish to’g’risida batafsil ma’lumotlar, bu borada amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, Samarqand davlat universitetida kredit modul tizimiga o’tishning ustuvor yo’nalishlari  muhokama  qilindi.