Samarqand davlat universitetiga 1420 yilda asos solingan

O’qishni qalbaki hujjat bilan ko’chirishga urinmang!

img

Qo’shni davlatlar oliy ta’lim muassasalaridan respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga o’qishni ko’chirishga ruxsat berish haqida qaror qabul qilingandan so’ng ayrim fuqarolarning o’sha davlatlardagi qator universitetlar yoki ayrim “ishbilarmonlar” bilan kelishib, qalbaki hujjat to’g’rilashga kirishib ketganligi bugungi kunda yaqqol namoyon bo’lmoqda.

Tursunova Manzura Mixliyevna (Navoiy viloyati, Konimex tumani), Botirova Nafisa Kaxramonovna (Navoiy viloyati, Konimex tumani), Safarov Mirjahon Jaloliddin o’g’li (Samarqand viloyati, Pastdarg’om tumani), Baykabilov Ilxomjon Najmiddinovich (Samarqand viloyati, Nurobod tumani), Tugalov Xayitboy Aul o’g’li (Samarqand viloyati, Tayloq tumani), Raxmanova Anisa Ibroximovna (Samarqand shahri), Safarov Farxodxon Muzaffar o’g’li (Samarqand viloyat, Nurobod tumani), Toxirova Dilafruz Sindarkulovna (Samarqand shahri), Rashidova Mexribon Bexzodjonovna (Samarqand viloyati, Samarqand tumani), Xasanova Aziza Axtam qizi (Samarqand viloyati, Urgut tumani), Xusanova Mavsuma Negmatillo qizi (Samarqand viloyati, Tayloq tumani), Badalova Dilfuza Yuldoshevna (Samarqand viloyati, Tayloq tumani), Qurbonova Dilfuza Mo’minqul qizi (Samarqand viloyati, Tayloq tumani), Mamatova Gulnora Kuvatovna (Samarqand viloyati, Urgut tumani), Bozorov Bahrom Elomon  o’g’li (Samarqand viloyati, Nurobod tumani), Barakayev Eldor Akram o’g’li (Samarqand viloyati, Ishtixon tumani)... kabi  yana o’nlab talabalikka da’vogar fuqarolarning qo’shni davlatlarga faqat bir kunga yoki bir necha soatga o’tishganligi,  ularning pasportlaridagi qo’shni davlatga kirish-chiqish belgilari negadir aynan ushbu qaror qabul qilinganidan keyingi kunlarga to’g’ri kelayotganligi mazkur “Shovvozlar” hyech qanday imtihonsiz talabalikka qabul qilinish borasidagi o’zgarishdan so’ng tezkorlik bilan hujjat tayyorlashga kirishgan ko’rinadilar. Aks holda, qo’shni davlatga bor-yo’g’i bir soatga (!) chiqib-kirish, mart oyining o’rtasida, hatto oxirida hujjat topshirishga bo’lgan urinishlarni qanday izohlash mumkin?

Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari har yili an’anaviy tarzda yoz oylarida bo’lib o’tadi. Maktabda yaxshi o’qigan, test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko’rgan minglab yoshlarimiz shaffoflik asosida tashkil qilinayotgan imtihonlarni halol topshirib, talabalikka qabul qilinish baxtiga muyassar bo’lmoqdalar. Biroq, qo’shni davlatlardan o’qishni ko’chirish jarayonida qing’ir va qitmir yo’llar bilan osongina talabaga aylanish ilinjidagi fuqarolar ham uchramoqda. Tinimsiz izlanish va o’qish ortidan keladigan bilim orqali o’qishga kirgan tengdoshlaridan farqli o’laroq, ular o’zga davlatlardagi oliy ta’lim muassasasida o’qiganliklari haqida soxta hujjatlarni ro’kach qilib talabaga aylanmoqchi.

Aytaylik, talabgorda shunday hujjat mavjud. Lekin uning o’sha oliy ta’lim muassasasiga borib o’qiganligi pasportidagi kirish-chiqish belgilari orqali isbotlanmasa-chi? U holda bunaqa hujjatlarning haqiqiyligi qayerda qoladi? Qo’shni davlatda shu yo’nalishda birorta fanni o’qib-o’zlashtirmay turib talabaman deyish, qaysi mezonlarga to’g’ri keladi?

Qalbaki hujjat egalari oliy ta’lim muassasalaridagi o’qishni ko’chirish ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyaga yolg’on ma’lumot taqdim etish, firib yo’li bilan talabalikka qabul qilinishga intilish tegishli tartibda javobgarlikka tortilishga olib kelishini unutgan ko’rinadilar.

O’z navbatida biz, haqiqatdan hyech qayerda o’qimagan, ammo bu haqida hujjati mavjud fuqaroni talabalikka qabul qilish halol yo’l bilan o’qishga kirgan minglab talabalarning haq-huquqlarini poymol qilish ekanligini, Samarqand davlat universitetida bunga aslo yo’l qo’yilmasligini eslatib o’tmoqchimiz.

 

SamDU ma’muriyati