Talabalar bilan masofaviy uchrashuvlar o’tkazilmoqda

img

Samarqand davlat universitetining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori A.Eshtayev, Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi X.To’xtayevning talabalar bilan fakultetlar kesimida masofaviy uchrashuvlari  o’tkazilmoqda. Ushbu uchrashuvlarda talabalarning masofaviy ta’lim olishi, respublika va viloyat miqyosida o’tkazilayotgan onlayn tadbirlardagi ishtiroki, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, jumladan 5 ta tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinmoqda.

Uchrashuvlar jarayonida talaba yoshlar tomonidan masofaviy ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohaza va takliflar bildirilmoqda, ularni qiziqtirgan ko’plab savollarga javob berilmoqda.