Innovatsion va zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim, fan va boshqaruv sohalarida qo’llash istiqbollari

img

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi asosida 2020 yil 14-15 may kunlari Samarqand davlat universitetida “Innovatsion va zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim, fan va boshqaruv sohalarida qo’llash istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil qilindi. Ilmiy konferensiya bugungi pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda onlayn tarzda o’tkazildi.

Konferensiyada turli ijtimoiy-iqtisodiy texnik tizimlarda algoritmizasiyalash, modellashtirish, taffakurli texnologiyalar, muhandislik matematikasi hamda ta’lim, fan va boshqarish tizimlarida axborotlashtirish, innovatsiya, o’rgatuvchi texnologiyalar, elektron resurslar kabi masalalar keng muhokama qilindi.

Konferensiyaning ochilishiga bag’ishlangan yalpi majlisida Samarqand davlat universiteti rektori professor Rustam Xalmuradov, Isroil davlati Xolon texnologiya instituti prezidenti professor Eduard Yakubov, Belarussiya milliy texnika universiteti professori  Igor Gancherenok va Samarqand davlat unversiteti professori Isroil Jumanov va boshqalar nutq so’zladi.

Konferensiyaga xorijning 10 dan ortiq davlatlari va respublikamizdan 200 ga yaqi ma’ruzalar kelib tushdi. Ma’ruzalardan amaliyotda foydalanish uchun ular ilmiy to’plam holida nashr qilindi. Konferensiya ishida Isroil, Rossiya, Belorus, Qozoqiston, AQSh va boshqa xorijiy mamlakatlar hamda respublikamizdan 100dan ortiq soha mutaxassis olimlar ishtirok etishdi.

 

Isroil davlati Xolon texnologiya instituti prezidenti professor Eduard Yakubov

 

Konferensiyaning yalpi majlisida, Hindistonlik professorlar M.Subharval va Sh.Abhisheklarning “AI & it’s applications and different job roles” hamda “Information technology in agriculture”, Rossiyalik professorlar N.Turaninaning “Elektronnыye resursы v imidjevoy politike   organizasii” va T.A.Kapustinaning “Rol metodicheskix slujb v povыshenii kvalifikasii i perepodgotovki bibliotechnыx kadrov” mavzularidagi hamda Isroil davlatidan professorlar Yirmeyahu (Jeremy) Kaminski, Zinoviy Landsman, Michayel Winokur, Shimon Fridkinlarning ma’ruzalari tinglandi.

Konferensiya yalpi majlisining ikkinchi qismida va sho’ba yig’ilishlarida 100 dan ortiq xalqaro va respublika bo’yicha ishtirokchilarning shu sohaga tegishli dolzarb ma’ruzalari tinglandi va muhokama qilindi.

Konferensiya faoliyati natijasida globallashuv jarayonlari jadallashayotgan sharoitda innovasion va zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim, fan va boshqaruv sohalarida qo’llash istiqbollari mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, bu sohada aloqalarni kengaytirish bilan bog’liq ilmiy munozarali muhokamalar, sohaga oid ma’ruzalar taqdimotlari va dunyoda mashhur olimlarining chiqishlari tashkil etildi.

Isroil davlati Xolon texnologiya institutining robotexnika sohasidagi yutuqlari taqdimot qilindi.

 

Konferensiya natijalari bo’yicha zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim, fan va boshqaruv sohalarida qo’llashni kelgusida takomillashtirish bo’yicha xorijiy tajribadan kelib chiqib tavsiyalar qabul qilindi.