Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Hindistondan masofaviy ta’lim

img

Hozirgi kunda COVID-19 pandemiyasi tufayli barcha ta’lim turlari masofaviy shaklda olib borilmoqda. Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti jamoasi ham bu ishda salmoqli natijalarga erishmoqda. Talabalarga sifatli masofaviy ta’lim berish jarayonida xorijiy mutaxassislar ham jalb qilinib kelinmoqda. Jumladan, Hindistonning yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

Talabalarga zamonaviy dasturlash tillari bo’yicha ta’lim berish maqsadida Hindistonning Chandigarh universiteti magistr bitiruvchilari tomonidan yaratilgan www.asanhai.com sayti orqali individual tarzda masofadan turib ta’lim berish boshlandi. Bu platformaning mutaxassislari Abdullah Mohmand va Sardar Puneet Parsad Singh fakultetning Amaliy matematika va informatika yo'nalishi talabalariga dasturlashning nozik sirlarini o’rgatishmoqda. Talabalar ham ingliz tilida olib borilayotgan bunday masofaviy ta’limdan mamnun bo'lib, mutaxassisliklari bo’yicha yangi va zamonaviy bilimlarni egallashga intilmoqdalar.

Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti