UMUMXALQ HARAKATIDA SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI HAM FAOL

img

          Ezgulikka yo’g’rilgan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatida Samarqand davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Universitet tomonidan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar evaziga ishlab topilgan mablag’lar hisobidan Samarqand shahridagi yigirmadan ziyod mahallalarda istiqomat qiluvchi o’nlab kam ta’minlangan, betob bo’lib yotib qolgan, nogiron va boquvchisini yo’qotgan oilalarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Mehr-muruvvat tadbirida shahardagi Maqsud Shayxzoda, Ziyokorlar, Orzu, Nurli yo’l, Baraka, Oltin Asr, Temiryo’lchi, Tutzor, Farobiy, Rahmatobod, Ali Qushchi nomidagi, Adolat, Beruniy, Mevazor nomidagi mahalla fuqarolar yig’inlari  hududlarida yashovchi iqtisodiy nochor, moddiy yordamga muhtoj kam ta’minlanmgan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi. Bunday oilalarning har biriga pul mablag’i hamda zarur oziq-ovqat mahsulotlari jamlangan qutilar tarqatildi. Albatta, bu ishlar bugungi kun talabiga qat’iy rioya qilingan holda, sanitariya talablari asosida amalga oshirilmoqda

Samarqand davlat universiteti “Yoshlar ittifoqi” boshlang’ich tashkilotining bir guruh faollari va yetakchilari esa viloyatning Oqdaryo tumanidagi ijtimoiy ko’makka muhtoj, boquvchisi nogiron va boquvchisini yo’qotgan 15 nafar oila xolidan xabar olib, zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishdi.

Bu oilalar bugungi kunda COVID-19 virusi pandemiyasi tufayli yuz bergan murakkab vaziyatda mamlakat rahbariyati, tashkilot, muassasa xodimlari, hatto talaba-yoshlar ham ularga e’tiborsiz emasligidan benihoyat xursand bo’lib, ko’rsatilgan bunday moddiy ko’mak uchun, avvalo, harakat tashabbuskori bo’lgan muhtaram Prezidentimizga, shuningdek ushbu xayrli tashabbusni qo’llab-quvvatlashga jazm etgan Samarqand davlat universiteti rahbariyati, “Yoshlar ittifoqi” boshlang’ich tashkiloti faollari hamda yetakchilariga samimiy minnatdorliklarini  izhor etdilar.

SamDU "Yoshlar ittifoqi" boshlang’ich tashkiloti