Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Yoshlar - kelajak bunyodkori

img

 Samarqand davlat universitetining 90-yillik yubileyi munosabati bilan viloyat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Iqtidorli yoshlar – O‘zbekiston  ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti poydevori” shiori ostida  8-9-sentyabr kunlari  yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Festival ishtirokchilari dastlab O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydilar.  Shundan so‘ng Samarqand davlat universitetning faollar zalida  festivalning tantanali ochilish marosimi  bo‘lib o‘tdi. Unda  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat  kengashi raisi Rustam Qobilov so‘zga chiqib barcha Samarqand yoshlarini, marosimga yig‘ilgan festival ishtirokchilarini  samimiy tabrikladi va bugun yoshlarimizga yaratib berilayotgan imkoniyatlar kengligi hamda undan o‘z o‘rnida samarali foydalanish kerakligi haqida so‘z yuritdi.   

Ikki kunlik festival davomida viloyat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida  voleybol, qo‘l to‘pi sport turlari bo‘yicha musobaqalar, “Mening universitetim” nomli  insholar tanlovi, “Kitob bilim manbai” mavzusidagi davra suhbati, “Zakovat” intellektual o‘yini kabi bir qator tadbir va musobaqalar tashkil etildi. Festival  yakunida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” nomli gala konsert  davomida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Festival viloyatimiz yoshlarini birlashtirish barobarida, ularga xush kayfiyat ulashdi.

 

http://www.samdu.uz/public/assets1/plugins