Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

2017 YIL 5 SENTYABR KUNI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETIDA OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRI O‘RINBOSARI M.INOYATOV BUXORO VILOYATIDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABA-YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI

img

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi bilan kelishilgan “Oliy ta’lim tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi”ning 2-bandi asosida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda har oyda kamida bir marotaba yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish tizimi joriy etildi.

Ochiq muloqotda Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorlari, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialining direktori hamda professor-o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, qizg‘in savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi.

Manba: edu.uz

http://www.samdu.uz/public/assets1/plugins