Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

G’olib va iqtidorli talaba yoshlar taqdirlanishdi

img

Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan beshta muhim tashabbus amaliy ishlarga aylanib borayotgani e’tiroflidir. Samarqand Davlat universiteti mutasaddilarining shu yil 15 noyabr kuni tashkil etgan ma’rifiy tadbirida bir guruh iqtidorli talaba-yoshlar munosib rag’batlantirildi.

Taqdirlash marosimida SamDU prorektori Ahmadjon Soleyev so’zga chiqib, iqtidorli yosh yigit-qizlarni muborakbod etdi. Birinchi bo’lib sahnaga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy nomidagi, Ulug’bek nomidagi, Islom  Karimov  nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari taklif etildi. Ularning ta’lim va tarbiyada, fan sirlarini nechog’lik egallashayotganlari o’z rag’batini topdi. Ularga Faxriy Yorliq, kitoblar sovg’a qilindi.

SamDU

Tadbirda barcha fanlar bo’yicha tashkil etilgan Respublika olimpiadalari g’oliblari, SamDUni  jahonga tanitayotgan universitetet sportchi yoshlari, “Yosh kitobxon”, “Men saylovda kelajagim uchun ovoz beraman”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish–barchaning burchi”, “Insho–savodxonlik mezoni” nomli ko’rik-tanlov g’oliblari SamDU yoshlar bilan ishlash prorektori Alisher Eshtoyev va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bosh mutaxassisi Eldor Shermonovlar tomonidan taqdirlandi.

SamDU

Hayajonli va esda qolarli tadbirning yakuni maxsus tayyorlangan badiiy dasturga ulanib ketdi. Dilbar qo’shiqlar, tarovatli musiqalar marosim ishtirokchilariga bir olam xursandchilik baxsh etdi.

SamDU

SamDU matbuot xizmati.