Kiyinish madaniyati – talaba ma’naviyatining ko‘zgusi

img

2017 yil 25 aprel kuni Pedagogika fakultetida «Kiyinish madaniyati – talaba ma’naviyatining ko‘zgusi» nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan “Adolat” sotsial demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Obloqulov, universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.A.Eshtayev, faxriy ma’naviyat targ‘ibotchisi Y.Suyunov, “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi X.To‘xtayevlar talabalarning kiyinish madaniyati hamda universitet miqyosida bu borada qilinayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir so’nggida “Kamolot” YoIH harakati tashkil etilganligining 16 yilligi munosabati bilan talabalarning badiiy chiqishlari namoyish etildi.