Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Telegram messenjeri Shokirjonov kanalida e’lon qilingan maqolaga RADDIYA

img

Kuni kecha Telegram messenjeri Shokirjonov kanalida xatboshisi “Yomg’irda qunishibgina turgan 14 nafar bu qizlar kim deysizmi?” - degan so’zlar bilan boshlangan, obyektiv holatni chuqur o’rganmasdan, noxolislik bilan yozilgan  kichik qoralama e’lon qilindi.

Samarqand Davlat universiteti ma’muriyati, ko’p sonli professor-o’qituvchilar maqolada keltirilgan vajlarni quyidagicha rad qiladi:

Bizningcha,  Shokirjonov farazlarga tayanib ish ko’radigan bloger. Bu holatni kanalda chop etilgan sur’at va xabarchani tashqi ko’zdan kechirishdayoq darrovgina tushunib olish mumkin. Chunki, asosiy dalil sifatida keltirilgan rasm qalbaki! Ajablanarli tomoni shundaki, bloger qabul komissiyasi tomonidan taqdim etilgan natijalarni to’lig’icha ko’rsatmayapti, sababi quyiroqda qabul komissiyasi mas’ul kotibining shaxsiy imzosi qo’yilgan joyi nega yo’q? Ushbu holatni ommaga e’lon qilishdan “qochish” kishini har qanday fikrlarga yetaklaydi (quyida keltirilgan rasmga qarang).

2019-2020 o’quv yili uchun o’tkazilgan qabul jarayonida Samarqand davlat universitetida 9 ta ta’lim yo’nalishiga 7001 nafar abituriyentdan  alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlari orqali amalga oshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 20.06.2019 yildagi “Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo’nalishlariga talabalarni qabul qilish uchun test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o’tkazish to’g’risida”gi 653-buyrug’i bilan SamDU Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti bo’yicha) ta’lim yo’nalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o’tkazish komissiyasi raisi va a’zolari sifatida Guliston Davlat universiteti o’qituvchilari mas’ul etib qo’yilgan edi.

Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.06.2018 yildagi 588-son qarori bilan tasdiqlangan “Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlari orqali imtihonlarni qabul qilish tartibi to’g’risida”gi Nizomi (3-bob, 26-band) talablariga mos ravishda belgilangan muddatlarda e’lon qilingan.

Shokirjonov maqolasida “SamDU rektori, professor R.I.Xolmurodov test sinovlaridan to’liq voz kechish, kirish imtihonlarini universitet o’qituvchilarining o’zlari olishi kerakligi haqida gapirgani esimda” – degan istehzo va tuhmatdan iborat bo’lgan so’zlarni keltirganlar. Bu fikrni nima bilan isbotlaysiz, - janob jurnalist?!...

Shokirjonovning ushbu so’zlari uning jamiyatda bo’lib o’tayotgan voqyealardan, kundalik matbuotdan bexabarligidan yorqin dalolatdir.

Fikrimizni quyidagilar bilan isbotlaymiz:

  1. Halqaro Press klubning 11.06.2019 yilda Samarqand Davlat universiteti Bosh binosi katta majlislar zalida Samarqand shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari, filiallar direktorlari  va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o’tkazilgan bevosita muloqotda, 26.06.2019 yilda Toshkent shahrida Prezidentning Davlat maslahatchisi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari va respublika barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda SamDU rektori prof. R.I.Xalmuradov ta’limda sifatni ko’tarish uchun joriy imtihon nazoratlarini fan o’qituvchisining ishtirokisiz o’tkazish lozimligini, bu borada SamDUda alohida “Talabalar bilimini baholash bo’limi” ochilganligini aytish bilan bir qatorda ta’lim muassasalariga alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlari orqali abituriyentlarni o’qishga qabul qilish borasidagi ta’lim yo’nalishlarini qichqartirish lozimligini, ushbu imtihonlar ham Davlat Test Markazi tomonidan o’tkaziladigan test sinovlar sirasiga kiritilishini alohida ta’kidlab o’tganlar.
  2. Bundan tashqari, Samarqand Davlat universitetida o’tkazilayotgan islohotlar bugungi kun talabiga to’liq javob berishi yaqqol ko’rinib turibdi. Misol tariqasida keyingi 2-yil mobaynida SamDUda shaffof va haqqoniy o’tkazilayotgan magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini keltirish mumkin.
  3. R.I.Xalmuradovning O’zbekistonda oliy ta’limni yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish bo’yicha e’lon qildirgan maqolalari ro’yxatini quyida keltiramiz:
  1. O’zbekiston – oliy ta’lim vatani. // O’zbekiston ovozi. №129, 26.10.2017, 4-bet.
  2. Bilimni nazorat qilish va baholash kechiktirib bo’lmaydigan vazifa.// Zarafshon. №70-71(23,030-23,031) son 14.04.2018
  3. Injenerno-texnologicheskoye obrazovaniye: kak povыsit effektivnost.// Narodnoye slova. №109. 29.05.2018.
  4. Ilm-fan xalqlarimizni yanada yaqinlashtiradi, mamlakatlarimizni  taraqqiy ettiradi. // O’zbekiston ovozi. №101 23.10.2018
  5. Задача сложная, но выполнимая// Народное слово. №232, 9.11.2018,С.3.
  6. Rektor: Bilimni obyektiv baholashning yangi tizimini yaratmasdan yetuk kadrlar tayyorlash mushkul // Xalq so’zi. 04.12.2018 Saytiga chiqgan (http://xs.uz/uzkr/post/rektor-bilimni-obektiv-baholashning-yangi-tizimini-yaratmasdan-etuk-kadrlar-tajyorlash-mushkul)
  7. Сфере высшего образования необходимы перемены, // Правда востока. № 16, (28979) 24.01.2019. С.1.
  8. Bugungi ta’lim – ertangi kelajak// O’zA saytida. http://www.uza.uz/oz/education/bugungi-talim-ertangi-kelazhak-11-05-2019
  9. Innovasion fanni rivojlantirmasdan mamlakatni taraqqiy ettirib bo’lmaydi // O’zbekiston ovozi, №42-43, 28.05.2019, S.1.
  1. Respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlarining kengashi muntazam ravishda o’tkazib kelinadigan vakolatli kengash hisoblanadi. Joriy yilning 29-avgust kuni o’tkazilgan yig’ilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Oliy talim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi Farmoni loyihasi muhokama bo’ldi. Muhokamada SamDU rektori bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga kirishdagi kasbiy (ijodiy) imtihonlar ko’payib ketganligini, ularni mumkin qadar kamaytirish kerakligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, R.I.Xalmuradov tomonidan bir necha marta aksariyat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga kirishda (masalan, ijtimoiy ish, ta’lim tili tojik tili bo’lgan ta’lim yo’nalishlari) kasbiy (ijodiy imtihonlar)ni Davlat Test Markazi tomonidan o’tkaziladigan test sinovlari bilan almashtirish takliflari jo’natilgan.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki,  Samarqand Davlat universitetida keyingi yillar mobaynida ta’lim sohasini takomillashtirish, abituriyent va talabaning bilimini xolisona baholash jarayonida inson omilini kamaytirish yoki uni yo’qotish borasida salmoqli va tahsinga sazovor ishlar amalga oshirildi.