Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Tavallud kuningiz muborak!

img

Hurmatli Rustam Ibragimovich!

     Samarqand davlat universiteti jamoasi Siz aziz insonni qutlug’ 70 yoshingiz bilan samimiy tabriklaydi. Sizning hayotga va insonlarga bo’lgan munosabatingiz, ta’lim, ilm-fan va tashkilotchilik hamda jamoatchilik sohalarda erishgan yutuqlaringiz barchamiz orzu qiladigan ibrat yo’lidir. Shu sababli, Respublikamiz ahli Sizni oliy ta’lim va ilm-fan uchun butun kuchi, bilimini yo’naltirgan, ziyoli inson sifatida e’zozlashadi.

     Samarqand davlat universiteti jamoasi Sizga respublikamiz va universitetimizda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarni amalga oshirishda, yuksak ma’naviy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo’lgan malakali kadrlar tayyorlashda, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o’z’aro integrasiyasini ta’minlashdagi xizmatingizda ulkan zafarlar tilaydi!

     Qutlug’ sana bilan muborakbod etar ekanmiz, umringizning boqiy bo’lishini, doimo xalqimizning hurmatiga sazovor hamda e’zozida bo’lishingizni  istaymiz! Har doim sog’-salomat bo’ling!

Samarqand davlat universiteti jamoasi