Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Samarqand davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffof o‘tkazilmoqda

img

Samarqand davlat universitetida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga test sinovlari topshirmaydigan abituriyentlar orasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda. Imtihonlar abituriyentlarda o‘qish va keyinchalik bakalavriatning tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha ishlash imkoniyatini aniqlash, ularning fanlar bo‘yicha bilimlarini, malakasini, kasbiy ko‘nikmalarini, ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini baholashga qaratilgan.

Musiqa  ta’limi,  jismoniy madaniyat, tasviriy san’at  va boshqa yo‘nalishlarda imtihonlar tajribali, malakali va mas’uliyatli pedagog-xodimlardan iborat komissiyalar tomonidan o‘tkazilmoqda. Imtihonlar shaffofligi va oshkoraligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ota-onalar vakillari, shahar xalq deputatlarini jalb qilgan holda jamoatchilik  nazorati ostida o‘tkazilmoqda.