Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

SamDUning SKFUni bitirgan birinchi magistrlari bilan uchrashuv

img

2019 yil 22-iyul kuni Samarqand davlat universiteti rektori, professor Xolmurodov Rustam Ibragimovich, universitetlar o'rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, akademik almashinuv dasturiga kirgan Shimoliy Kavkaz Federal Universitetining (RF) birinchi bitiruvchilari bilan uchrashdi.
Axmedov Azamat va Davranova Robiyaxon Samarqand davlat universitetining ekologiya va geografiya fakultetini tamomlagan. Ushbu o'quv yurtini muvaffaqiyatli tugatib, 2017 yilda ular "Hududiy rejalashtirish va sayyohlik va hordiq chiqarish tadbirlarini tashkil etish" yo'nalishi bo'yicha SKFU, Geografiya fakultetining magistraturasiga o'qishga kirishdi.
2019 yilda SKFU ni a’lo darajali diplom bilan tugatib, ilmiy-tadqiqot faoliyatini davom ettirish uchun SamDUga qaytib kelishdi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar chet elda o'qishlarini davom ettirish istagi bildirdilar.