Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko’rik-tanlovining respublika bosqichi bo’lib o’tdi

img

O’zbekiston davlat konservatoriyasida Mustaqilligimizning 27 yilligiga bag’ishlab “Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim!” shiori ostida tashkil etilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko’rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda loyihaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalarining 16 ta badiiy jamoasi ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko’ra, Samarqand davlat universitetining “Guldasta” xor jamoasi 1-o’rinni, Qo’qon davlat pedagogika instituti badiiy jamoasi 2-o’rinni, Guliston davlat universiteti badiiy jamoasi 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

G’olib jamoalar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi