Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Bitiruvchilarga diplomlar topshirildi

img

2018-yil 5-iyul kuni universitetning faollar zalida Samarqand davlat universiteti 2017-2018 o’quv yili bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori professor R.Xalmuradov, prorektorlar, fakultet dekanlari, professor-o’qituvchilar, bitiruvchi magistr va bakalavr talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Universitet rektori professor R.Xalmuradov bitiruvchilarni muborakbod etib, ularga oq yo’l tiladi. Imtiyozli bitirgan magistr va bakalavrlarga diplomlar tantanali topshirildi. Shuningdek, bitiruvchilar nomidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stpindiyasi sohibi Ishonqulov Alisher hamda bitiruvchilar ota-onalari nomidan matematika yo’nalishi magistri Tog’ayev Isomiddinning otasi Qilich Tog’ayev bitiruvchilarni  tabriklab, ularning  kelgusi faoliyatlarida  omad tiladilar.

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi