Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Granada universiteti bilan hamkorlik

img

Hozirgi kunda Samarqand davlat universiteti Yevropa, AQSh, MDH davlatlarining rivojlangan oliy ta`lim muassasalari,  o'quv va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.

Universitetda chet el OTM va ITIlari bilan 30 dan ziyod shartnoma va memorandumlar imzolagan. Bunga oxirgi ikki yil davomida universitet rahbar xodimlarini va professor-o’qituvchilar 60 dan ortig'i malaka oshirish kurslariga, stajirovkalarga yuborilganini misol qilib keltirsak bo'ladi.

Ispaniyaning Granada universiteti bilan tuzilgan shartnoma asosida 2018 yil 26-27 iyun kunlari Granada universitetining Informatika va tarmoq kommunikatsiyalariga hizmat ko’rsatish markazi boshlig’i Antonio Ruiz Moya ishtirokida Samarqand davlat universitetining amaliy matematika va informatika fakultetida seminar-trening bo’lib o’tdi. Ushbu seminarda horijdan tashrif buyurgan mutaxassis fakultetning bir guruh talabalari va o’qituvchilariga "Granada universitetida axborot texnologiyalar soxasida tadqiqotlar: axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar tuzilmasi, obyekt va subyektlari, kasbiy malakalar, ilovalarga misollar" hamda “Granada universiteti tarmog’iga hizmat ko’rsatish markazi: tarmoqning foydalanuvchilari ehtiyojlariga yo’naltirilgan vaziflalari, raqamlar, ifratuzilma, tarmoqni boshqarish” mavzularida ma’ruza qildi.

Anjuman so’ngida ishtirokchilar o’zini qiziqtirgan savolar bilan murojaat qilib, yangi bilimlar almashish, ilmiy rishtalarni bog'lash, oliygohlarimiz o'rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo'yicha fikrlar almashinildi.

Xalqaro  aloqalar bo’limi