Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Dunyoni mehr ustiga quraylik

img

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Farg’ona viloyati Kengashi va Farg’ona davlat unversitet tashabbusi bilan “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy – ijodiy vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” loyihasi doirasida “Dunyoni menr ustiga quraylik” mavzusida Respublika Yoshlar Forumi o’tkazildi.

Respublika Yoshlar Forumida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Farg’ona viloyat Kengashi raisi A.Akbarov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi direktori Ra’no Shodiyeva hamda  Farg’ona, Samarqand va Toshkent viloyatlari oliy o’quv yurtlaridan kelgan professor o’qituvchi va talabalari ishtirok etdi.    

Forumda, “Nogironlarni integratsiyalashuivida ichki turizmning o’rni” mavzusidagi loyihasi bilan qatnashgan Samarqand davlat unversitetining Ijtimoiy ish yo’nalishi talabasi Tursunboyev Jahongir “Eng mazmunli” loyiha nominatsiysi bo’yicha g’oliblikini qo’lga kiritdi.   

                          

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi