Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida kimyoning o‘rni” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi

img

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi 178-F-sonli Farmoyishi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 martdagi 233-sonli buyrug‘i asosida 2018 yil 24-25-may kunlari Samarqand davlat universitetida “O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida kimyoning o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani (xorijiy mutaxassislar ishtirokida) o‘tkazildi.

Konferensiyada Respublikamizning 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarida kimyo va kimyoviy-texnologiyaning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan iqtidorli talabalar, magistrantlar, ilmiy-tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar va akademiklarining “Nazariy kimyo: muammolar, echimlar va yutuqlar”, “O‘zbekistonning kimyo sanoati: ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi. Kimyo va kimyoviy texnologiyada innovatsiya”, “Ekologik monitoring” va “Kimyo va kimyoviy texnologiyani o‘qitishning dolzarb muammolari” kabi sho’balarda ma’ruzalari tinglandi. Konferensiya 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvatlash yili” doirasida o‘tkazilgan bo‘lib, unda olimlarning muhim ilmiy-texnik yutuqlari, echimini kutayotgan muammolarni aniqlash, ilmiy-texnika yutuqlarini tezkor xalq xo‘jaligiga tadbiq etish, olimlar va ishlab chiqarish sohasi mutaxassislari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ilmiy xodimlarning malaka faoliyatini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi. 

N.X.Musulmonov. Biologiya va kimyo fakulteti kimyo yo'nalishi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari