Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi talabalarga tushuntirildi

img

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi mamlakatimiz Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng aholi, ayniqsa, yoshlarga tushuntirish, targ’ib va tashviq qilish ishlari davom etmoqda. Samarqand Davlat universitetida ana shunday tadbirlar barcha fakultetlarda maxsus jadval asosida o’tkazilmoqda.

2018-yil 3-aprel kuni Samarqand davlat universiteti Faollar zalida shunday uchrashuvlarning navbatdagisi bo’lib o’tdi. Tadbirda universitet professori M.Qodirov davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ko’tarilgan dolzarb va hayotiy masalalar haqida ma’ruza-taqdimot o’tkazdi.

Tadbir professor-o’qituvchilar va talabalarda katta qiziqish uyg’otdi.