Universitetda karyera kunlari

img

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida”gi 2005-yil 2-iyunda chiqarilgan PQ-92 sonli qaroridagi barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash borasidagi  vazifalarni bajarish, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-sentabrdagi 07-12-202-sonli yig’ilishi bayonnomasi 4-bandi, “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to’g’risidagi nizomi”ning 10-bandi hamda universitet rektorining 2018 yil 8 fevraldagi 85-ij buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida  universitetda 2018-yilning 27-martidan boshlab belgilangan jadval asosida “2017-2018 o’quv yili bitiruvchilarni ishga taqsimlash” tadbirlari o’tkazilmoqda. 

Tadbirda universitet o’quv ishlari bo’yicha prorektori A.S.Soleyev va AL va KHK ishlari bo’yicha prorektori  B.S.Islomov,  fakultet dekanlari va marketing xizmatlari bo’yicha mas’ullari ishtirok etishmoqda. Taqsimot komissiyasi ish beruvchi korxona va tashkilotlardan tushgan talabnomalar asosida  bitiruvchilarni yashash manzillarini inobatga olgan  holda uch tomonlama shartnomalar tuzib yo’llanmalar berilmoqda.