Hamkorlikdagi seminar

img

27 mart kuni Samarqand davlat universiteti Geografiya va ekologiya fakulteti faollar zalida Ispaniyaning Granada universiteti mutaxassislari ishtirokida seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda ispaniyalik olim Monsterrat Zamorano Toro «Granada universiteti faoliyati» hamda «Qattiq chiqindilardan chiqadigan chiqindilarni utilizasiya qilish” mavzusida taqdimot o’tkazdi.

Hozirgi kunda ushbu yo’nalishda SamDU geografiya va ekologiya fakulteti xodimlari ham ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Seminar yakunida oliy o’quv yurtlari hamkorligida Erasmus+ xalqaro grantlar doirasida ilmiy tadqiqot ishlarni bajarish bo’yicha hamkorlik yuzasidan kelishib olindi.