Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy


ARXEOLOGIYA MUZEY-LABORATORIYASI

Muzey vatanimiz qadimgi tarixining keyingi 150 ming yildan ziyod davrini o‘z ichiga olgan 40 mingdan ziyod noyob ashyolar zahirasi mavjud. Ulardan ilmiy to‘plam, monografiya, qator o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etishda, shuningdek, magistrlik, doktorlik dissertatsiyalari tayyorlashda keng foydalanib kelinmoqda.

 

GEOLOGIYA MUZEY-LABORATORIYASI

Muzeyda qadimgi, ya’ni bundan 400-600 mln. yil avval yashagan hayvonlar va o‘sgan o‘simliklardan to hozirgacha mavjud bo‘lgan organizmlar haqida materiallar to‘plangan. Bu noyob kolleksiyalar Yer sharining turli hududlari¬dagi suv havzalaridan keltirilgan. Kolleksiya¬larda paleozoy, mezozoy, kaynozoy eralariga oid eksponatlar o‘rin olgan. Muzeyda tog‘ jinslari va minerallarning mingdan ortiq turi mavjud. 
Muzey O‘rta Osiyoda yagona hisoblanadi, chunki bu yerda poleontologiyaga oid eksponatlar, tog‘ jinslari minerallar bilan birga joylashtirilgan.