Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy


 SAMDU ILMIY TADQIQOT MAJMUASI FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA

«Ilmiy tadqiqot majmuasi» tashkilot va muassasalar, jismoniy shaxslar bilan bajariladigan xo‘jalik shartnomalari, pullik ilmiy-konsultatsion kurslar va xizmatlar, davlat buyurtmalari asosidagi ilmiy tadqiqotlar hamda chet el fondlari va homiylardan keladigan mablag‘lar asosida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», amaldagi qonunlar va Nizom asosida olib boradi. SamDU «Ilmiy – tadqiqot majmuasi» faoliyatining asosiy vazifalari quydagilardan iboratdir: 
• amaliy va fundamental xarakterdagi ilmiy-tadqiqotlarni, yangi texnika va texnologiyalar yaratishni qo‘llab-quvatlash; 
• ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, yangi texnologiya, ilmiy ishlanmalarni yaratish va ularni xalq xo‘jaligiga joriy etish; 
•universitet professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlarini turli konkurslarga qatnashishi uchun uslubiy yordam berish, ilmiy-texnik axborotga, patent-litsenzion va kutubxona, tahrir-nashriyot va bosmaxona xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash; 
•universitet laboratoriyalarini o‘quv-ilmiy asboblar, jihozlar va boshqa moddiy-ashyolar bilan ta’minlashni tashkillashtirish; 

Samarqand Davlat universiteti ilmiy tadqiqot majmuasi tuzilmasi