Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

  • Qabul vaqti:
  • Telefon:
  • Elektron pochta:

FAKULTET HAQIDA

Samarqand davlat universiteti  Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti

Zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2019 yilda Samarqand davlat universitetida xorijiy oliy ta’lim muassasasalari bilan hamkorlikda Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti tashkil etildi.

Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetida Xitoy, Janubiy Koreya, Isroil, Rossiya, Germaniya va AQSh kabi rivojlangan davlatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan. Jumladan, Xitoyning Sian Jiaotong va Shansi Normal universitetlari, Janubiy Koreyaning Sunchonxyan universiteti, Isroilning Xolon texnologiya instituti, Rossiyaning Stankin Moskva davlat texnologiyalar universiteti, Germaniyaning Kiyel universiteti va AQShning Yuta davlat universitetlari bilan hamkorlikda 6 ta bakalavriat yo’nalishlari va 4 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Fakultetda 2019-2020 o’quv yilida jami 171 nafar talabalar qabul qilindi. Shundan 149 nafari bakalavriat va 22 nafari magistraturada tahsil olishmoqda.  

Fakultetda “Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)”, “Maktabgacha ta’lim”, “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi”, “Amaliy matematika va informatika”, va “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat yo’nalishlarida ta’lim olib borilmoqda. Ushbu ixtisosliklar bo’yicha o’qishning birinchi va ikkinchi yillari SamDUda olib boriladi. Dastlabki ikki yillik o’qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar keyingi bosqichda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o’qishni davom ettiradi. Ushbu ta’lim yo’nalishlari bo’yicha xorijda o’qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDU va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega bo’ladi.

Fakultetda magistratura mutaxassisliklari bo’yicha 4 ta qo’shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan. Ushbu qo’shma dasturlari Germaniyaning Kiyel universiteti, Rossiyaning Stankin Moskva Davlat texnologiyalar universiteti, Xitoyning Shansi universiteti hamda AQShning Yuta davlat universitetlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Magistraturada “Mexatronika va robototexnika”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”, “Psixologiya (amaliy psixologiya)” va “Ekologiya (yaylov ekologiyasi)” ixtisosliklari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Magistratura yo’nalishida tahsil oladigan talabalar o’qishning birinchi yilini SamDUda va ikkinchi yilini xorijiy OTMda olib boradi.

Fakultetda ta’lim jarayonlarini samarali va yuqori darajada tashkil etish maqsadida malakali mahalliy va xorijiy professor-o’qituvchilar jalb qilingan. Hozirgi kunga qadar hamkor xorijiy universitetlardan 6 nafar mutaxassislar fakultetda doimiy ravishda faoliyat ko’rsatishmoqda. Jumladan, Xitoyning Shansi universitetidan 2 nafar, Hindistonning Dehli universitetidan 1 nafar, Janubiy Koreyadan 2 nafar va Rossiyadan 1 nafar professor-o’qituvchilar fakultet talabalariga dars berib kelmoqda. Istiqbolda 20 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislarning doimiy ravishda ta’lim jarayonlariga jalb qilinishi rejalashtirilgan.      

 

 

MALAKA TALABLARI

Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari

5120300    Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)
5312600    Maktabgacha ta’lim
5130200    Amaliy matematika va informatika  
5320100    Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo’yicha-Xitoy)
5320100    Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo’yicha-Rossiya)
5312600    Mexatronika i robototexnika

Magistratura yo'nalishi malaka talablari

5A312601    Mexatronika va robototexnika
5A210201    Psixologiya (amaliy psixologiya)
5A330202    Axborot va multimediya texnologiyalari (qo’llanilish sohalari bo’yicha)
5A630102    Ekologiya (yaylov ekologiyasi)

KAFEDRALAR