|
|||||||||||||||
|
| |||||||||||||||
|
O'QUV ISHLARI ____Shu paytgacha fakultetning kunduzgi, sirtqi va kechki bo’limlarida minglab pedagog mutaxassislar yetishib chiqdi. Ular bugungi kunda nafaqat ma’naviy-ma’rifiy sohalarda, balki davlatimiz taraqqiyotining turli jabhalarida faoliyat ko’rsatmoqdalar, shuningdek, ta’lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda ham ibratli ishlarni olib borishmoqda.
___1994-1995 o’quv yilida fakultet tarkibida jamiyatning yangi yo’nalishi bo’yicha mutaxassis kadrlar yetishtiruvchi pedagogika-psixologiya bo’limi tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu bo’limda tayyorlanayotgan pedagog-psixolog mutaxassislar xalq ta’limi va jamiyatning boshqa sohalarida samarali faoliyat ko’rsatmoqdalar. ___Bugungi kunda fakultetning kunduzgi bo’limida 544, sirtqi bo’limida 419 nafar talaba 3 yo’nalish: 5141600- Boshlang’ich ta’lim uslubiyati, 5146600-Pedagogika-psixologiya, 5141700 - Maktabgacha ta’lim mutaxassisliklari bo’yicha o’zbek (473 ta), rus (22 ta) va tojik (49ta) tillarida tahsil olmoqdalar. ___O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29 avgustda bo’lib o’tgan IX sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dastur»i va boshqa me’yoriy hujjatlar erkin fikrlovchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda dasturulamal bo’lib xizmat qilmoqda. ___Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga doir qabul qilingan qaror va ko’rsatmalar pedagogika fani oldiga mas’uliyatli vazifalarni qo’ydi. Pedagogika fakulteti professor-o’qituvchilari bu vazifalarni bajarish davomida olib borayotgan ilmiy va ijodiy izlanishlari tufayli erishilgan barcha yutuqlar hayotga tadbiq qilindi, maorif tizimiga yetuk mutaxassislar (boshlang’ich ta’lim, pedagogika-psixologiya, defektologiya, maktabgacha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha) tayyorlab berishdek dolzarb muammo hal qilinmoqda. ___Fakultetda 5 ta kafedra mavjud bo’lib, bugungi kunda ularda 80 dan ortiq professor-o’qituvchilar talabalarga fan sirlaridan saboq berishmoqda. Ularning samarali mehnatlarining natijasi o’laroq fakultetimiz talabalaridan Sultonova Naima (Ilmiy rahbar: dos.Q.Tursunov) 2001-2002 o’quv yilida Prezident stipendiyasi sovrindori bo’lishga erishdi. Qarshiyeva Dilafro’z (Ilmiy rahbar: dos.A.Abduahadov) Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi g’olibi bo’lishga erishdi. ___2002-2003 o’quv yilida fakultetimizning iqtidorli talabalaridan Mamedova Yulduz (Ilmiy rahbar: dos.Q.Tursunov) va Xolboyeva Gulnozalar (Ilmiy rahbar: prof.X.Ibragimov) A.Navoiy nomidagi davlat stipendiyasini olishga muvaffaq bo’lishdi. ___1999-2000 o’quv yilidan boshlab fakultetda Pedagogika mutaxassiligi bo’yicha, 2000-2001 o’quv yilidan boshlab Psixologiya yo’nalishi bo’yicha va 2002-2003 o’quv yilidan boshlab Boshlang’ich ta’lim uslubiyati yo’nalishi bo’yicha magistraturaga talabalar qabul qilindi. ___Bugungi kunda 20 ta magistrant talabalar ushbu mutaxassiliklar bo’yicha tahsil olishmoqda.
l Bosh sahifa l Fakultet haqida l Boshqaruv l Faoliyat l Talabalar l Fotogallereyal |
|||||||||||||||||
| Pedagogika fakulteti-2005 yil |