2

  rus

uzb

 
 
     
   

Boshqaruv

Faoliyat

Fakultet haqida

Talabalar

Dam olish sahifasi

ped-faksamdu.uz
 

 

 

 MA’NAVIY  MA’RIFIY  ISHLAR___

___Respublikamizda mustaqil taraqqiyot yillarida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta ijobiy o’zgarishlar bo’lmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarning qabul qilinganligi ta’lim-tarbiya sohasida katta ufqlarni ochib berdi. Bularni amalga oshirish jarayonida ma’naviyat, milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi katta ahamiyat kasb etmoqda.
___Taraqqiyotning kamolot cho’qqisiga chiqish uchun esa yoshlarni milliy istiqlol g’oyalariga sodiqlik  ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan vazifalaridan biridir. Shuning uchun yoshlar ma’naviyati, milliy mafkurasi, ruhiyatiga nazariy va amaliy jihatdan yondoshmoqni hayotni o’zi taqozo etmoqda.
___Fakultetda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni asosiy maqsadi yoshlarni yuksak madaniyatli, har tamonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan iborat.
___Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqdi. Ushbu reja universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi asosida tuzilgan bo’lib, vatanparvarlik, insonparvarlik, huquqiy, jismoniy, ekologik, g’oyaviy, mehnat-kasb, iqtisodiy, nafosat yo’nalishlarini qamrab olgan.
___2002-2003 o’quv yilida fakultetda «Milliy istiqlol g’oyasi» tushunchalarini talabalar ongida chuqur shakllantirish maqsadida muntazam ravishda ma’naviyat soatlarida va to’garaklarda yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida amaliy ishlar amalga oshirildi. Shuningdek talabalarda milliy madaniyatimizga bo’lgan dunyoqarashni ongli shakllantirish maqsadida o’ndan ortiq har xil tadbirlar o’tkazildi va sayohatlar uyushtirildi.
___Fakultetimiz jamoasi O’zbekiston Vatanim manim ko’rik tanlovida qatnashib birinchi o’rinni egalladi.
___Yil davomida bayramlar va muhim sanalarga bag’ishlab 30 dan ziyod tadbirlar,  35 ta har xil mavzudagi davra suhbatlari, bahs-munozalar va tadbirlar o’tkazildi. Jumladan, Samarqand shahar ichki ishlar bo’limining milisiya xodimlari ishtirokida «Giyohvandlik va unga qarshi kurash», Tibbiy kafedra professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda «Spid - XXI asr vabosi» mavzularida o’tkazilgan tadbirlar talabalarni g’ayriqonuniy va salbiy illatlarga qarshi tarbiyalashda muhim omil bo’lib xizmat qildi.
___Shuningdek, «Sog’lom avlod uchun» boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan talabalar yotoqxonasida quyidagi tadbirlar o’tkazildi:

1. «Farosatli kishiga xayr baraka yor»;

2. «O’z-o’zingga tabib bo’l»;

3. «Yuqumli kasalliklardan saqlan»;

4. «Yotoqdagi uying – farosating ko’zgusi».

___Bugungi kunda fakultetimiz talabalari ongi va qalbiga vatanparvarlik, o’z xalqi va millatiga sadoqat, iymon, diyonat, kamtarlik, samimiyat, adolat, mehr-shafqat, e’tiqod, poklik, halollik, bag’rikenglik, qonunga itoatkorlik, davlat tizimiga hurmat kabi ma’naviy barkamol inson fazilatlarini singdirish bilan bir qatorda g’ayriqonuniy tushunchalar – terrorizm, diniy ekstremizm, giyohvandlik va spidga qarshi nafrat hissi uyg’otilmoqda. 
___2004 yilda fakultetimizda bir qancha ibratli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish o’chog’i bo’lmish «Ma’naviyat xonasi» zamonaviy tarzda qayta tashkil etildi, fakultet binosi foyesida milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qiladigan stendlar hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni amalga oshirish va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga oid ma’lumotlar bilan jihozlandi. Shuningdek, talabalarning yangi axborot texnologiyalari va adabiyotlar bilan muntazam tanishib borishini ta’minlash maqsadida internet tarmog’iga ulangan kompyuter sinfi  tashkil qilindi. Qiroatxona qayta ta’mirlanib, yangi adabiyotlar bilan ta’minlandi.
___Bundan tashqari, fakultet talabalari fakultet va universitet hamda shahar, viloyat va respublika miqyosida tashkil etilib va o’tkazilayotgan barcha tadbirlarga faol ishtirok etishmoqda. Masalan, respublika miqyosida tashkil etilgan va an’anaviy tus olayotgan oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida o’tkazilayotgan «Universiada» sport musobaqalarining Samarqand shahrida o’tkazilishi munosabati bilan fakultetimiz talabalaridan 210 nafari 1 oy vaqt davomida ushbu tadbirning ochilish va yopilish tadbirlari  mashg’ulotlarida ishtirok etishdi.
___Hozirgi vaqtda fakultetimizda  tahsil olayotgan 544 nafar talabadan 218  nafari 1-son talabalar uyida istiqomat qilishmoqda. Ushbu talabalar uyida talabalarning dam olishi va dars tayyorlashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
___Talabalarning mashg’ulotlardan keyingi bo’sh vaqtlarini foydali band qilish maqsadida talabalar uyining «Ma’naviyat xonasi» da o’tkaziladigan tadbirlar rejasi tuzilgan. Ushbu tadbirlarning samaradorligini oshirish borasida fakultetimiz professor-o’qituvchilari va guruh murabbiylari tomonidan amaliy ishlar qilinmoqda. Masalan, 2004 yilning 28-29 mart kunlari Toshkent shahri va Buxoro viloyatining Romitan tumanida amalga oshirilgan terrorchilik harakatlari yuzasidan fakultet talabalari o’rtasida «Terrorizm-insoniyat dushmani», «Terrorizm tanlagan yo’limizdan qaytarolmaydi», «Terrorizm ofat… (chorasi- birgalikda kurash)» kabi davra suhbatlari o’tkazildi.
___Shuningdek, keyingi paytlarda mamlakatimiz hududiga chetdan kirib kelib ildiz otmoqchi bo’layotgan diniy ekstremizm, giyohvandlik va spid kabi salbiy illatlarga ham qarshi kurash borasida qator tadbirlar o’tkazilmoqda.
___Bundan tashqari fakultet kafedralari qoshida «Yosh ruhshunos», «Yosh matematik», «Yosh tabiatshunos» kabi ilmiy to’garaklar tashkil etilgan bo’lib bu to’garaklarda fakultetimizning yetakchi professor-o’qituvchilari ilmga chanqoq talabalar bilan doimiy mashg’ulot o’tkazib boradi.
___Universitetning an’anasiga muvofiq fakultetning ilmiy salohiyatini oshirishda ulkan xizmat ko’rsatgan olimlar nomini abadiylashtirish sohasida ham ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, adabiyotùunoslik sohasida samarali ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan va adabiyotùunoslik ilmiy maktabini yaratgan taniqli filolog-olim, professor Orif Ikromov nomini e’zozlab, olimning nomi bilan ataladigan o’quv xonasi hamda pedagogika fanini rivojlantirish sohasida o’zining munosib hissasini qo’shgan olim, Samarqand pedagogika maktabining asoschisi, professor Afanasiy Semyonovich Yefimov nomidagi multimediyali darsliklar o’quv xonasi tashkil etildi.

 

 

 

l Bosh sahifa l Fakultet haqida l Boshqaruv l Faoliyat l Talabalar l Fotogallereyal

Pedagogika fakulteti-2005 yil