|
|||||||||||||||
|
| |||||||||||||||
|
ILMIY TADQIQOT ISHLAR ___Mamalakatimizda «Ta’lim to’g’risida» gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda bular asosida qabul qilingan va 2002 yilda joriy etilgan davlat ta’lim standartlari talablari buyicha pedagogika fakulteti jamoasi tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari reja buyicha amalga oshirildi va pedagogika, psixologiya, matematika, ona-tili va bolang’ich sinflarda o’qitiladigan boshqa fanlarni o’qitishning zamonaviy axborot va pedagogik texnalogiyalarini ishlab chiqarish sohasida ulkan ishlar amalga oshirildi.
___Hozirgi kunda fakultetda 79 ta professor-o’qituvchi ishlaydi, jumladan 2 ta professor 24 ta Fan nomzodlari, shulardan 17 tasi dosentlar, 11 ta katta o’qituvchilar 42 ta o’qituvchilar, 4 aspi rantlar, 24 ta magistrlar ilmiy faoliyat bilan shug’ullanib kelishmoqda. ___Shu o’quv yilidan boshlab Tabiiy fanlar, boshlang’ich sinflarda ona-tili va adabiyot hamda boshlang’ich ta’lim hamda tarbiyaviy ishlar metolikasi kafedralari birlashtirilib (17 avgust 2005 yil) bitta «Boshlang’ich ta’lim uslubiyati»; Pedagogika va psixologiya kafedralari birlashtirilib «Pedagogika-psixologiya» kafedrasi tashkil etildi. ___Fakultet kafedralari qo’shilishi munosabati bilan ilmiy-tadqiqot mavzulari ham birlashtirildi. ___1-mavzu «Komil insonni tarkib toptirishning pedagogik va psixologik asoslari» ( rahbarlar prof. N.Shodiyev, dots. M.Ashurov, dots. M.Xalilov) 2-mavzu «Boshlang’ich ta’limning dolzarb muammolari» (rahbarlar prof. T.Nurimov, dots. Q.Tursunov). Respublika oliy ta’lim muassasalari O’z RFA va tarmoq institutlari bilan hamkorlik to’g’risida. Pedagogika fakulteti ilmiy xodimlari Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti, O’zbekiston milliy universitet iva Q. Niyoziy nomli pedagogika ilmiy tadqiqot intituti olimlari bilan uzviy aloqada illmiy tadqiqot ishlari olib borishadi. Bundan tashqari ilmiy aloqalar Xujand davlat pedagogika instituti, Dushanbe davlat universiteti, Navoiy davlat pedagogika intituti, Jizzax davlat pedagogika institut iva viloyat o’qituvchilarining malakasini oshirish institutlari olimlari bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib borishadi. Olingan ilmiy natijalar aytilgan ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar qilishadi va materiallarni Chop etishadi. Respublika tarmoq institutlarining dissertantlari bizning fakultetda tashkil etilgan ilmiy seminarda ishlarini muhokamadan o’tkazishib turishadi. Hisobiy yilida 3 ta shunday dissertasiya muhokama qilinadi va himoyaga tavsiya etiladi. Fakultetda ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi haqida.
l Bosh sahifa l Fakultet haqida l Boshqaruv l Faoliyat l Talabalar l Fotogallereyal |
|||||||||||||||||
| Pedagogika fakulteti-2005 yil |