|
|||||||||||||||
|
| |||||||||||||||
|
AZIZ O'G'IL VA QIZLARIM!
____Bizga tarix zarvaraqlaridan ma’lumki, o’qituvchilik kasbi barcha mutaxassisliklar orasida, shubhasiz, eng sharafli va faxrli kasb hisoblanadi. Har bir inson, u qanday kasb egasi bo’lmasin, ilk saboqni o’qituvchidan oladi. Buyuk O’zbekistonimizning kelajagini yaratuvchi, mustaqil fikrlovchi, erkin tafakkurli barkamol avlodni tarbiyalash ana shu sharafli kasb egalari – o’qituvchilar zimmasiga yuklanadi. Bu esa o’qituvchidan mukammal iste’dodni talab qiladi.
____Bu mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli bo’lgan o’qituvchilik kasbini tanlash bilan nafaqat maorif sohasida, balki respublikamizning barcha sohalardagi taraqqiyotiga munosib hissa qo’shish mumkin deb o’ylayman. ____Bugungi kunda Samarqand davlat universitetining ilg’or fakultetlaridan biri bo’lgan Pedagogika fakultetida Boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi, Pedagogika-psixologiya, Maktabgacha ta’lim, amaliy san’at, tasviriy san’at, mehnat ta’limi, Musiqiy ta’lim va estetik tarbiya ixtisosliklari bo’yicha malakali mutaxassislar yetishtirib bermoqda. ____Ushbu yo’nalishlarning talabasi bo’lish uchun esa sizdan farcha fanlardan umumiy o’rta ta’lim doirasida mukammal bilimga ega bo’lishingiz va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tishingiz talab qilinadi. ____Sizga ushbu fakultetning talabasi bo’lishda omad yor bo’lsin.
l Bosh sahifa l Fakultet haqida l Boshqaruv l Faoliyat l Talabalar l Fotogallereyal |
||||||||||||||||||||
| Pedagogika fakulteti-2005 yil |