Slovakiya Respublikasining Davlat stipendiyasi dasturi 2021/2022 o'quv yilida, magistratura talabalari, doktorantlar, universitet o'qituvchilari, tadqiqotchilar va rassomlar uchun Slovakiya Respublikasida o'qish, ilmiy tadqiqotlar, dars va ijodiy amaliyot

Slovakiya Respublikasi hukumati 2005 yilda magistratura talabalari, doktorantlar, universitet o'qituvchilar va tadqiqotchilarining ortasida xalqaro hamkorlikni qo'llab-quvvatlash uchun Davlat stipendiya dasturini yaratishni ma'qulladi. Slovakiya Respublikasining Milliy stipendiya dasturi Slovakiya Respublikasi Ta'lim, fan, tadqiqot va sport vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Slovakiya Respublikasining Milliy stipendiya dasturi chet ellik talabalar, doktorantlar, universitet professor-o'qituvchilari, tadqiqotchilar va rassomlarning Slovakiya Respublikasidagi universitetlar va ilmiy tashkilotlarda xalqaro hamkorlikni qo'llab-quvvatlaydi.

• Stipendiya muddati: dokotorantlar uchun 3 - 10 oygacha yoki doktorantlar va universitet professor-o'qituvchilari uchun 1 - 10 oygacha

• Stipendiya xalqaro stipendiyalarning yashash xarajatlarini qoplash uchun mo'ljallangan, ya'ni, Slovakiya Respublikasida yashash (oziq-ovqat, turar joy va boshqalar), o'qish, ilmiy tadqiqotlar yoki ijod paytida yoki Slovakiya Respublikasining universitetlari va ilmiy tashkilotlarida o'qish bilan bog'liq xarajatlar

Magistratura va doktorantura talabalari sayohat uchun ham stipendiya olishlari mumkin

Stipendiya olish uchun ariza berishning muddati:

2021 yil 30 aprel – 2021-2022 o'quv yili uchun stipendiya

2021 yil 31 oktyabr - 2022 yilining yozgi semestri uchun stipendiya

Nomzodlar arizalarni va kerakli qo'shimcha hujjatlarni slovak yoki ingliz tillarida (yoki slovak va ingliz tillarida rasmiy tarjimasini) topshirishlari kerak.

Hujjatlar onlayn tarzda quyidagi veb sahifa orqali yuboriladi:

https://www.scholarships.sk/en/main/submit-application

Abituriyentlar dastur haqida batafsil ma'lumotlarni www.scholarships.sk veb sahifasidan slovak, ingliz, rus, frantsuz va ispan tillarida topishlari mumkin.

E’lon to’g’risida qoshimcha ma’lumot SamDU Xalqaro Hamkorlik Bo’limidan olish mumkin.

Tel: 66 2391079 E-mail: irossu1420@gmail.com