SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI “START-UP” LOYIHALARI TANLOVINI E’LON QILADI

Universitetda faoliyat olib borayotgan yosh olimlar, tahsil olayotgan tayanch doktorant, magistrant va iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash, ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini, amalga oshirayotgan loyihalarini xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga joriy etilishiga ko’maklashish, talabalarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish maqsadida Samarqand davlat universiteti eng yaxshi “START-UP” loyihalari tanlovini e’lon qiladi.

Startap o’zi nima? Startap ingliz tilidan olingan so’z bo’lib, start-up – start olmoq yoki biror ishni boshlamoq kabi ma’nolarni anglatadi. Bu endigina ochilgan yosh kompaniya, firmalar yoki loyihalar va noyob g’oyalarni yaratishga aytiladi. Shuningdek, biror-bir mahsulotni sotish uchun investorlarni qiziqtirish va jalb qilish ham startapning asosiy maqsadidir.

Bugungi kunda startaplar axborot texnologiyalari (IT), tadbirkorlik mahsulotlari va xizmatlari (Business Products & Services), sun’iy intellekt (AI), internet dasturlar va xizmatlar (Internet Software & Services), mobil dasturlar va xizmatlar (Mobile Software & Services), internet ashyolari (IoT), elektron tijorat (e-commerce), moliya texnologiya (Fintech), biotexnologiyalar (Biotech), reklama texnologiya (Adtech), 3 hajmli chop etish (3D Printing), logistik tashishilar (Supply chain & Logistics) kabi sohalarda rivojlanishga erishmoqda.

Samarqand davlat universitetida “START-UP” tanlovi quyidagi yo’nalishlarda o’tkaziladi:

  1. IT sohasidagi startap loyihalar;
  2. Fan, ta’lim, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko’rsatish sohasidagi startap loyihalar;
  3. Qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, biotexnologiya sohasidagi startap loyihalar.

Tanlovda universitetning 40 yoshgacha bo’lgan yosh olimlari, magistrantlari va talabalari loyiha bilan ishtirok etishlari mumkin.

Taqdim etilgan loyihalar

https://quintadb.ru/widgets/ddNmoVDZbdV70mW7xdH8k7/b4W5RdVCnma4kuWPWOD8oA veb-sahifasi orqali 2021 yil 15 fevraldan 2021 yil 15 martga qadar elektron ro’yxatdan o’tishlari mumkin.  

Tanlov yakuniga ko’ra har bir yo’nalish bo’yicha g’olib deb topilgan loyiha mualliflari:

1-o’rin – 3 000 000 so’m

2-o’rin – 2 000 000 so’m

3-o’rin – 1 000 000 so’m miqdorida moddiy rag’batlantiriladi.

Shuningdek, g’olib deb topilgan loyihalar Innovasion rivojlanish vazirligiga moliyalashtirish uchun tavsiya etiladi.

Elektron ro’yxatdan o’tmagan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.

Ma’lumot uchun:
Tel.: 0-366-239-12-29 / +99890-450-54-15 / +99897-287-92-19
Rasmiy sayt: www.samdu.uz
Telegram: @SAMDU “START-UP” TANLOV