Latviya Fan va Ta'lim vazirligi 2021/2022 o'quv yillari uchun Latviya universitetlarida o'qish uchun stipendiyalarni e'lon qiladi

Latviya Fan va Ta'lim vazirligi 2021/2022 o'quv yilida Latviya universitetlarida o'qish uchun stipendiyalarni e'lon qiladi. Stipendiyalar O'zbekistondagi oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari,  xodimlar va talabalar uchun mo’ljallangan.

Nomzodlar tanlov va taqdim etilgan hujjatlar asosida tanlab olinadi. Mavjud stipendiya to’g’risida batfsil ma’lumot ushbu veb sahifada berilgan: www.viaa.gov.lv/scholarships

Stipendiya qatnashish uchun anketaga ilova etiladigan  hujjatlar asl nusxada, shuningdek ularning ingliz yoki latish tillariga rasmiy tarjimasi bilan taqdim etilishi talab etilgan. Barcha hujjatlarni onlayn tarzda topshiriladi.

Stipendiya olish uchun anketalarni qabul qilish muddati: 2021 yil 1-aprelgacha

Mavjud stipendiyalar to'g'risida ma'lumot olish uchun shu elektron manziga murojaat etish mumkin: scholarships@viaa.gov.lv

Qoshimcha ma’lumot universitet xalqaro hamkorlik bo’limidan olish mumkin.

Tel: 66 2391079 E-mail: irossu1420@gmail.com