UNESCO 2021 YILDA FÉLIX HOUPHOUËT-BOIGNY VA MENDELEEV MUKOFOTINING OCHILGANLIGINI E'LON QILADI

UNESCO xalqaro tinchlikka qo'shgan hissasi uchun 2021 yil Félix Houphouët-Boigny mukofotiga va UNESCO va Rossiya hukumatining fanlar bo'yicha Xalqaro Mendeleyev mukofotiga nomzodlar tavsiya etish uchun ochilganligini e'lon qiladi.

Ushbu mukofotning asosiy maqsadi - Birlashgan Millatlar Tashkiloti va UNESCO Nizomiga muvofiq tinchlik va osoyishtalikni o'rnatish, saqlash va qo'llab-quvvatlashga katta hissa qo'shadigan, dunyoga mashhur davlat arboblari va tashkilotlari faoliyatini tan olish. Sovrin har ikki yilda bir marta e'lon qilinadi. Sovrin miqdori 150000 AQSH dollariga teng bo’lib,  g'olib bo'lgan ikki nomzod o'rtasida teng taqsimlanadi, ular diplom va oltin medal bilan taqdirlanadi.

Mukofot 1989 yilda UNESCO tomonidan ta'sis etilgan va Kot-d'Ivuar davlatining birinchi prezidenti Félix Houphouët-Boigny nomi bilan atalgan. Yaqinda prezidentlar L. Lula da Silva (Braziliya) va F. Olland (Frantsiya) sovrinni olishdilar.

2021 yilda UNESCO/Félix Houphouët-Boigny tinchlik va osoyishtalik mukofoti tanlovda ishtirok etish uchun O'zbekiston Respublikasida tinchlik va osoyishtalik ishiga hissa qo'shayotgan shaxs yoki muassasa to'g'risidagi ma'lumotlar 2021 yil 15 fevraldan oldin UNESCO Milliy komissiyasi Kotibiyatiga taqdim etilishi kerak.

Batafsil ma’lumot: https://ru.unesco.org/news/otkryt-prim-zayavok-na-soiskanie-premii-mira-yunisko-im-feliksa-usue-buani-za-2021-god

Qo’shimcha ma’lumot universitet Xalqaro hamkorlik va Ilmiy bo’limdan olish mumkin.

Tel.:66 2391079, e-mail: irossu@samdu.uz, irossu1420@gmail.com