Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Tavsiyalar

! Koronavirusdan saqlanish uchun hamma amal qilishi lozim bo‘lgan tavsiyalar

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirusdan saqlanish uchun har bir fuqaro amal qilishi kerak tavsiyalarni e’lon qildi:

✔️Chet elga borishni rejalashtirishda dunyodagi epidemik vaziyat bo‘yicha to‘liq ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!

✔️Zarurat bo‘lmagan taqdirda ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan imkon qadar cheklaning!

✔️Qo‘llarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving va spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning!

✔️Farzandlaringizning qo‘l yuvishini doimiy nazoratga oling!

✔️Yuz-ko‘zingizni toza bo‘lmagan qo‘l bilan ushlamang!

✔️Uy hayvonlarini boqishda, asrashda gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!

✔️Odamlar oldida yo‘talganingizda yoki aksirganingizda og‘zingiz va burningizni dastro‘mol, salfetka yoki bukilgan tirsagingiz bilan to‘sing!

✔️Shamollash yoki gripp alomatlari bor odamlar bilan yaqin, yuzma-yuz muloqot qilishdan cheklaning!

✔️Ovqatlanishda yaxshilab pishirilgan, asosan qaynatilgan va qovurilgan taomlardan iste’mol qiling, iste’mol qilinayotgan go‘sht va sut mahsulotlarining yaxshilab pishganligiga ishonch hosil qiling!

✔️Isitma, yo‘tal va nafas qisishi holatlari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qiling!

‼️Eng asosiysi — shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!

 

Agarda sizda COVID-19 koronavirusi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qo‘shimcha savol tug‘ilsa, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 71 276-49-66 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.