Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

«Uzluksiz ta’lim sifat va samaradorligini oshirishning nazariy-uslubiy muammolari»  mavzusidagi ilmiy konferensiya

2017 yil 24-25 noyabr kunlari Samarqand Davlat universitetida «Uzluksiz ta’lim sifat va samaradorligini oshirishning nazariy-uslubiy muammolari» mavzusida vazirlik miqyosida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi. 
Konferensiyaning maqsadi uzluksiz ta’lim tizimida tadqiqot olib boruvchi ilmiy izlanuvchilar hamda pedagogikaning nazariyasi va uslubiyati muammolariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar, tavsiyalarni umumlashtirish, o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslarini hamda fanlarni o‘qitishning yangi innovasion-pedagogik texnologiyalarini keng muhokama qilish va uzluksiz ta’lim tizimi bo‘g‘inlari orasida o‘zaro hamkorlikni takomillashtirishdan iborat.
 

Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balar tashkil qilinishi rejalashtirilgan:
• Uzluksiz ta‘lim tizimida malakali kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari.
• Ta‘limda chet tillarni o‘qitishning sifat va samaradorligini oshirishda innovasion texnologiyalar.
• Uzluksiz ta‘limda innovasion texnologiyalar hamda elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va ulardan samarali foydalanish.
• Hamkorlik doirasida bajarilayotgan ilmiy ishlar.
Konferensiyada ma’ruza qilingan mavzular matni maqola shaklida ilmiy to’plamda chop etiladi. Maqolalar o’zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. 
Maqolalarga qo’yiladigan talablarni yuklab olish.

http://www.samdu.uz/assets1/plugins